1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!
Касб таълими тизимини ривожлантиришдаги асосий йўналишлар нималардан иборат?
Download 379.84 Kb.
|
Билетга жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv rejasi
3. Касб таълими тизимини ривожлантиришдаги асосий йўналишлар нималардан иборат?
4. Таълим мазмуни ўқув режаси, ўқув дастури ва дарсликлар Davlat ta’lim standarti (DTS)-o’quvchi –talabalar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani, ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilovchi xujjatdir. Davlat ta’lim standarti o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni yaratish uchun asos bo’ladi Davlat ta’lim standartini bajarish O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatuvchi barcha ta’lim muasasalari uchun majburiydir. O’quv rejasi (tayanch va ishchi) –ma’lum bir yo’nalishda mutaxassis tayyorlashni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatdir. U davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo’lib ta’lim muassasasi moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo’ladi. Oʻquv dasturi — taʼlim tizimidagi har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda Oʻquv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir Oʻquv dasturi uqtirish xati, oʻquv fani mazmunining qisqa bayoni, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar singari 3 qismdan iborat. Oʻquv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish Oʻquv dasturining muhim belgisidir. Chunki ayni shu narsa yaratiladigan oʻquv darsligi muallifiga muayyan nuqtai nazarni tanlash, oʻqituvchiga esa pedagogik moʻljalni toʻgʻri belgilash imkonini beradi. Taʼlim amaliyotida Oʻquv dasturi yaratishning konsentrik (markazlashgan) hamda tizimli usullari bor. Konsentrik yoʻl bilan tuzilgan Oʻquv dasturida taʼlimning mazmuni yoki oʻquv materiallari oʻqitishning keyingi bosqichida yuksakroq darajada takrorlanishi koʻzda tutiladi. Boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan oʻquv fanlari boʻyicha Oʻquv dasturlari shu usulda tuziladi. Tizimli usuldagi Oʻquv dasturilarida oʻquv materiallari fan mantigʻiga muvofiq soddadan murakkabga qarab ketma-ket joylashtiriladi. Maktabning boshlangʻich sinfdan keyingi bosqichlarida qoʻllaniladigan bu usulda ortiqcha takrorlarga yoʻl qoʻyilmaydi, har bir mavzuning oʻz oʻrnida oʻtilishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning Oʻquv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qurol va metodik tavsiyalarda toʻla namoyon boʻladi. Darslik – o‘quv jaraѐnining zarur qismidir. Ko‘p vaqtlardan beri u o‘qitishning eng muhim vositasi xisoblanar edi. Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil ѐritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda baѐn qiluvchi kitobdir. Darsliklar bilan bir qatorda ayrim fanlardan o‘quv qo‘llanmalar xam tuziladi. Masalalar va mashqlar to‘plami, xrestomatiyalar, atlaslar, lug‘at kitoblari va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin.1 O‘quvchilar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ham darsda, ham uy sharoitida mustaqil ish olib boradilar. Darslik materiali katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. U bilan ishlash tarbiyalanuvchilarning aqliy tarbiyasiga, ularda ilmiy dunѐqarashning, axloq-odob, nutq va tafakkurning va mustaqil fikrning rivojlanishiga ѐrdam beradi. Download 379.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling