1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!
Download 379.84 Kb.
|
Билетга жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Узлуксиз таълим тизимида давлат таълим стандартини ишлаб чиқариш нимага асосланади
- 2.Ислом дини таълимоти қайси таълим-тарбия усуллардан иборат
Билет №7
1.Узлуксиз таълим тизимида давлат таълим стандартини ишлаб чиқариш нимага асосланади? 2.Ислом дини таълимоти қайси таълим-тарбия усуллардан иборат? 3.Таълим тамойилларига нималар киради? 4.Босқичли ўқитиш нима? 5. Технологик билимларнинг узлуксизлиги деганда нимани тушунасиз? 1.Узлуксиз таълим тизимида давлат таълим стандартини ишлаб чиқариш нимага асосланади? Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish: Davlat standartlari ta’limning zarur va etarli darajasi va o‘quv yuklamalari hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beradi. Shuningdek, kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlashdan iborat. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatiga va kadrlar tayѐrlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi meyoriy negizni yaratish, xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchi-larni mahnaviy - axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etishdan iborat bo‘ladi. 2.Ислом дини таълимоти қайси таълим-тарбия усуллардан иборат? Ota-bobolarimiz islom dini va uning falsafasiga tayanib yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor berganlar. Ular islomiy ta’lim-tarbiyaning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatiga diqqat va e’tiborini chuqur qaratganlar. Mamlakatimizning sobiq rahbari Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: ―Islom dini - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik, Olloh qalbimizda, yuragimizda. O‘zbekiston xalqi tarixida islom ta’limotining ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalarining shakllanishida ahamiyati cheksizdir. Qur’oni Karim va hadisi Shariflar pedagogika ilmining eng ko‘zga surtma ko‘rinishidir. Ularda musulmon ahlining dunѐqarashi falsafasi, ma’naviyati, axloqi, e’tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo‘llari baѐn qilingan. Ular gumanistik ta’lim-tarbiya usullarni ma’qullab, bu gumanistik usullarida bolani puxta o‘ylab tuzilgan yurish-turish, o‘qish, mehnat, ozodalik, jismoniy, aqliy va ruhiy mashqlar ichki tartib qoidalari bilan tarbiyalashga unga har tomonlama bilim berishga, bolaning mustaqil fikrlashini, ijodkorligi va faolligini o‘stirishga e’tibor qaratgan. ―Ilm ibodatdan afzaldir- deb aytgandilar Payg‘ambarimiz (MRSAV). O‘qitish faqat hayotiy bo‘lsin, o‘qitishni turmush, atrof-muhit bilan bog‘lab olib borish lozim. Shunda u tushunarli va xalqchil bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (MRSAV) bilim berishni mehnat bilan qo‘shib olib borish to‘g‘risidagi fikrni ilgari surganlar. Ular aytgan edilarki: ―Ilm olmoqqa har bir muslim va muslima uchun ham farz, ham qarz. Qur’oni Karim va hadisi Shariflarda tarbiya masalalariga katta e’tibor beriladi. Bolaning har bir ishiga ota-ona namuna bo‘lishi uchun ularning so‘zi va ishi bir bo‘lishi amri ma’ruf. Ta’limga o‘rgatish kerak, ammo tarbiya qoidalarini bola ko‘pincha o‘zi ota-ona, aka va uka, opa-singil, ustoz va jamoaga qarab o‘rnak olishi bilan o‘zlashtirsin. Savodxonlik, arifmetika, astronomiya, geometriya, tarix, tabiatshunoslik, she’riyat, musiqa, husnixat va tillar o‘rgatilishi tarafdori bo‘lib, islom dini jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat beradi. Bu ishda jismoniy tarbiyaning gimnastika, yugurish, kurash va harbiy mashqlar qilish yo‘li bilan, bola tanasini sog‘lom, baquvvat, mehnat, harbiy va boshqa ishlarga loyiq qilib chiniktirish usulini asos qilib oladi. YOsh avlodni mehnat faoliyatiga tayѐrlashi va har bir odam o‘zi, oilasi va Vatani uchun har tomonlama mukammal bo‘lib rivojlanishi kerakligini izohlab beradi. Islom dini xududimizga kelgani zahoti O‘rta Osiѐ xalqining shu jumladan, o‘zbeklarning ta’lim-tarbiyasida yangi nazariya va amaliѐtlar paydo bo‘ldi. Islom dini tavsiya etgan ta’lim-tarbiya tizimida bilimlilik, kasbga ega, vijdoniylik, xudogo‘ylik, rahm-shavqatlilik, insonparvarlik, vatanparvarlik, fidoiylik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, intizomlikkni shakllantirish va o‘stirish asosiy o‘rinni egalaydi. Bunda ta’lim-tarbiyaning usullari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: Islom dinining ta’lim-tarbiya usullari: amaliyotda o‘rgatish, ota ona muallim, usta, mulla, namunalari, Diniiy etiqod, munosabatlarning uyg‘unligi va ustoz mahorati, rag‘batlantirish, ogohlantirish va jazolash. Download 379.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling