1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida axborotning ahamiyati


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi


Download 151.5 Kb.
bet2/3
Sana09.09.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1674922
1   2   3
Bog'liq
1. Kichik biznes xususiy tadbirkorlikda axborot komplekslari va - копия

2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi


Axborotlar majmui tadbirkorlik faoliyati axborot tizimini tashkil qiladi. Tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi o’z ichiga kerakli axborotlar, hujjatlar, biznes tadqiqotlari tizimini, aloqa kanallari va texnik vositalarni qamrab oluvchi murakkab axborot tuzilmasidir.


Tadbirkorlar o’z ish kunlarini kichik va xususiy korxonalar, savdo korxonalari ishi haqidagi ma’lumotlar, mahsulotlarga bo’ladigan buyurtmalar va mahsulotni ortib-jo’natish haqidagi teleks hisobotlari bilan tanishishdan, haqiqiy va reja ko’rsatkichlarining o’zaro munosabatlarini, ishlab chiqarish harajatlarini o’rganishdan boshlaydilar. Ular mahsulotlarni joriy va o’tgan vaqtda sotilishi, tovar-moddiy zaxiralar, mehnatni tashkil qilish va unga haq to’lash, transportda tashish va aholiga boshqa xizmatlar ko’rsatish haqidagi axborotlarni sanoqli daqiqalarda oladilar. Bunda ularga hisoblash texnikasi va axborotlarni qayta ishlash jarayonini kompyuterlashtirish yordam beradi.
Yig’ilgan va qayta ishlangan axborotlar tadbirkorlarga boshqaruv qarori qabul qilishda yordam beradi.
Samarali ishlayotgan korxonalar yig’ilayotgan axborotlar sifatini oshirish va mikdorini ko’paytirishga etarli darajada kuch sarflaydilar. Ular o’z xodimlarini sodir bo’layotgan voqealarni qayd qilish va ular haqida xabar qilishga o’rgatadilar va buning uchun taqdirlaydilar. Firma ulgurji va chakana sotuvchilarni va boshqa ittifoqchilarini o’zlari uchun muhim bo’lgan xabarlarni uzatishga rag’batlantiradi. Ishbilarmonlarga raqiblari haqida axborotlar zarur. Bunday axborotlarni raqiblar tovarlarini harid qilish orqali «ochiq eshiklar kuni»da, ixtisoslashtirilgan ko’rgazmalarga borganda olishlari mumkin. Raqiblar haqidagi ma’lumotlarni yana ularning hisobotlarini o’qib va xissadorlar majlislarida ishtirok etib, raqib korxona xodimlari, raqiblarga mol etkazib beruvchilar va haridorlar bilan suhbatlashib ham olish mumkin.
Raqiblarning reklamalari yig’indisini, ularning reklama harajatlarini va ular foydalanayotgan reklama vositalari to’plamini olish uchun reklama byurosining pullik xizmatlariga murojaat qilinadi.
Tadbirkorlarga mijozlar, dilerlar va bozorda harakat qiluvchi raqobatchilar haqida ma’lumotlar kerak. Bozor munosabatlariga o’tish yanada kengroq va yanada sifatliroq axborotlar olish zarurligini shart qilib qo’yadi.
Tadbirkorlar uchun haridorning tovar xususiyatlariga munosabatlarini oldindan bashorat qilish borgan sari qiyinlashmoqda va ular tadqiqotlarga murojaat qilmoqdalar. Ishbilar-monlarga borgan sari ko’proq axborotlar kerak bo’ladi va ularga doimo axborot etishmaydi. Shuning bilan bir vaqtda, ishbilarmonlar o’zlariga kerakli aniq va foydali ma’lumotlarni etarli mikdorda yiga olmayotganliklaridan shikoyat qiladilar.
Ba’zi bir korxnalarda joriy axborotlarni yig’ish va tarqatish bo’yicha mahsus bo’limlar yoki laboratoriyalar tashkil etilgan. Bu bo’lim xodimlari kerakli axborotlarni qidirib topish uchun eng muhim nashrlar, gazeta va jurnallarni ko’zdan kechiradilar va ishbilarmonlarga mahsus tayyorlangan axborot varaqalarini jo’natadilar.
Bunday xizmatlar tadbirkorlarga kelib tushayotgan axborotlar sifatini keskin oshirishga imkon beradi.
Ishbilarmonlarda, qoidaga ko’ra, o’z kuchlari bilan biznes tadqiqotlari o’tkazish uchun na vaqt va na ko’nikma bor, shuning uchun ular bunday tadqiqotlarni buyurishga majburlar. Korxona shartnoma asosida tadqiqot o’tkazishga qandaydir ilmiy-tadqiqot institutiga yoki oliy o’quv yurtiga buyurtma berishi mumkin. Yirik korxonalar o’z tadqiqot bo’limlari va laboratoriyalarini ochishlari mumkin. Bo’lim xodimlari orasida muxandislar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar, biznes bo’yicha mutaxassislar bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Biznes tadqiqotlari tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • bozorni tadqiqot qilishni;

  • reklama vositalari va e’lonlari samaradorligini;

  • xodimlarning ishga faolligini;

  • raqiblar tovarlarini;

  • narx-navo siyosatini;

  • tovar assortimentlarini;

  • halqaro bozorlarni o’rganishni;

  • axborotlar bilan ta’minlashni tadqiqot qilishni;

  • xodimlar bilan ishlash siyosati va xodimlarning faoliyatini baholashni o’rganishni;

  • sotsiologik tadqiqotlar o’tkazishni va hokazo.

Biznes tadqiqotlari quyidagi ketma-ketlikda o’tkaziladi (8-chizma).



Tadqiqot-lar maqsadini aniqlash




Axborot manbalarini tanlash




Axborot yig’ish




Yig’ilgan axborot-larni tahlil qilish




Taklif-larni ishlab chiqish

8-chizma. Biznes tadqiqotlarini o’tkazish ketma-ketligi.


Tadqiqotchilar tadqiqotning dastlabki bosqichida muammoni aniq belgilashlari va tadqiqot maqsadini belgilab olishlari kerak. Axborotlarni yig’ish ancha ogir va ma’suliyatli ishdir. Muammoni mujmal yoki noto’g’ri belgilash ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan harajatlarga olib keladi. Aniq qo’yilgan maqsad muammoni hal qilishning asosidir.


Tadqiqotning keyingi bosqichida buyurtmachini qiziqtirayotgan axborot turini va uni eng samarali yig’ish yo’lini aniqlash zarur. Tadqiqotchi ikqilamchi yoki birlamchi axborotlarni yoki ikkalasini bir vaqtda yig’ishi mumkin.
Ikkilamchi axborot – bu avval boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan mavjud axborotdir.
Quyidagilar ikqilamchi axborot manbalarini tashkil etadi:

  • korxonalarning hisobotlari;

  • bo’lg’usi tadqiqotlar haqidagi hisobotlar;

  • davlat muassasalarining nashrlari;

  • korxona, muassasalarning balans hisobotlari;

  • statistik ma’lumotnomalar;

  • birjalar ma’lumotnomalari;

  • gazeta va jurnallar, radio, televidenie eshittirishlari va hokazo.

Ikkilamchi axborot tadqiqotning boshlang’ich nuqtasi bo’lib xizmat qiladi. U arzon tushishi va olinishi osonligi bilan ajralib turadi. Ammo tadqiqotchiga kerakli ma’lumotlar eskirgan, noaniq, to’liqsiz yoki ishonchsiz holda etib kelishi mumkin. Bu holda tadqiqotchining yanada ko’proq mablag’lar va vaqt sarflashi orqali birlamchi axborot yig’ishiga to’g’ri keladi.
Birlamchi axborot – bu aniq maqsad uchun birinchi marta yig’iladigan axborotdir. Birlamchi axborot yig’ishning uchta usuli bor:

  1. Kuzatish.

  2. Tajriba.

  3. So’rov.

Kuzatish – birinchi axborot yig’ishning eng asosiy uslublaridan biri bo’lib, unda tashkilotchi odamlar va vaziyatlar ustidan bevosita kuzatish olib boradi. Kuzatish foydali g’oyalarga, raqiblar tajribasini o’rganishga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot yig’ishning boshqa uslubi – tajriba.
Tajriba tadqiqotlari o’zaro taqqoslanayotgan sub’ektlar guruhini tanlash, bu guruhlar uchun turli xil holatlarni yaratish, taqqoslanayotganlar ustidan nazoratni va kuzatilayotgan farqlarning darajasi va ahamiyatini belgilashni talab qiladi.
Bunday tadqiqotning maqsadi – kuzatish natijalarini ziddiyatli izohlashlarni saralash yo’li bilan sabab-natija munosabatlarini ochib tashlamoqdan iborat bo’ladi.
So’rov – tajriba-sabab-natija aloqalarini aniqlashda tadqiqot o’tkazishning eng qulay usulidir.
Biznes tadqiqotchisi ishga kirishishdan oldin ish rejasini ishlab chiqishi kerak.
Rejada kimdan so’rash kerakligi, so’rovga qancha mikdordagi odamlarni jalb qilish zarurligi, so’raluvchilarni qanday tartibda tanlab olish, ishni bajarish muddati va hokazolar belgilangan bo’lishi kerak.
Tadqiqotchi o’zi uchun qanday axborotlar zarurligini va bular ko’proq kimlarda bo’lishini hal qilishi kerak.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqish va axborotlarni yig’ish tadqiqotning eng qiyin va ahamiyatli bosqichidir. Bunda kerakli axborotlarni kaerdan olishni, birinchi navbatda kimlardan so’rashni aniqlash kerak bo’ladi. Ba’zi bir so’raluvchilar uyda ham, ishda ham bo’lmasliklari mumkin. Boshqa birovlar so’rovda ishtirok etishdan bosh tortishlari, yana birlari esa g’araz bilan, samimiy bo’lmagan holda javob berishlari mumkin. Bulardan tashqari, belgilangan axborotlar bo’lgan hujjatlar bilan tanishishda ham qiyinchiliklar vujudga keladi.
Tadqiqotning keyingi bosqichi – yig’ilgan axborotlarni tahlil qilish, ya’ni olingan ma’lumotlar majmuasidan eng muhim ma’lumotlar va natijalarni ajratib olishdir. Yig’ilgan axborotlar olingan ma’lumotlarni statistik yoki iqtisodiy-matematik uslub orqali qayta ishlash yo’li bilan tahlil qilib, o’rganiladi.



Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling