1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida axborotning ahamiyati


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil etish


Download 151.5 Kb.
bet3/3
Sana09.09.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1674922
1   2   3
Bog'liq
1. Kichik biznes xususiy tadbirkorlikda axborot komplekslari va - копия

3. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil etish


Biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashning asosiy vazifasi barcha martabadagi ishbilarmonlarga o’zlarini qiziqtiradigan barcha masalalarga doir ma’lumotlarni o’z vaqtida etkazib berishdan iboratdir.


Axborotlarga ehtiyoj kichik va xususiy biznesni axborotlar bilan ta’minlanishining asosiy sharti hisoblanadi. Ehtiyoj esa tadbirkorlarning bajarayotgan ishlarini hisobga olgan holda kichik va xususiy tadbirkorlikning maqsadi hamda vazifalaridan kelib chiqib aniqlanadi. Axborotlar hajmi, ularning turlari, ularda qayd qilingan kerakli ma’lumotlarning mikdori, ko’rsatkichlarini aniqlash, axborotlar bilan ta’minlash tizimi tashkilotchilarining birinchi navbatdagi ishi bo’lib hisoblanadi. Tadbirkorlar samarali ishlashi uchun etarli mikdordagi axborotlar bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak. Axborot to’g’ri, ishonchli va aniq bo’lishi, o’z vaqtida kelib tushishi lozim.
Har bir kichik korxonada hujjatlarni o’rganish jarayonida doimiy, o’zgaruvchan va hosila axborotlarni, ularning davriyligini, qaror qabul qilishda ishlatilishini aniqlash kerak.
Hujjatlarni bajarilayotgan biznesning u yoki bu xizmatlariga tegishli ekanligini aniqlash uchun texnik, rejaviy, moliyaviy, me’yoriy, dasturiy va hokazo yo’nalishlar bo’yicha guruhlarga ajratish mumkin.
Hujjatlarni bunday turkumlash hujjatlar harakatining umumiy qonuniyatini aniqlashga, hujjatlarning tuzilishini, ma’lumotlarni qayta ishlash ketma-ketligini, xodimlarni ish bilan band qilish darajasini hamda hisoblash texnikasini belgilashga imkon beradi.
Shunday turkumlash asosida hujjatlar aylanuvi taxlil qilinadi. Bu esa ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining umumiy ko’rsatkichlarini aniqlashga va uni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi. Hujjatlarning shakllanishi va harakati qonuniyatini hisobga olgan holda hujjatlar aylanuvi tasvirini ko’rish mumkin. Tasvirlar hujjatlarning tarkibi va qayta ishlanishini batafsil tadqiqot qilish natijalarini umumlashtirish bo’ladi. Ular yordamida bajarilayotgan ish turlari, hujjat shakllari va xodimlar vazifalari orasida mavjud bo’lgan aloqalarni va o’zaro bir-birlarini almashtirishni grafik shaklida ko’rgazmali tasvirlash mumkin bo’ladi.
Axborot oqimlarini tashkil qiluvchi manbalar:

  • axborot manbalari va iste’molchilarni aniqlash;

  • hujjatlarni ishlab chiqishni;

  • axborotlarni yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash uchun texnik vositalarni aniqlash hamda hujjatlarni tuzishni;

  • rasmiylashtirish, ro’yxatdan o’tkazish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartiblarini belgilashni o’z ichiga oladi.

Kichik biznesni axborot bilan ta’minlashni tashkil qilishda mavjud hisoblash va perfokartali texnikalarning mavjudligidan, axborotlarni yig’ish, qayta ishlashni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasidan kelib chiqish kerak.
Texnik vosita qanchalik mukammal bo’lsa, biznesmen, ishbilarmon mehnatini tashkil qilish shunchalik samarali bo’ladi. Kichik biznesni axborot bilan ta’minlashni ikki asosiy sinfga bo’lish mumkin: tashkil qilish texnik vositasi va hisoblash mashinalari.
Tashkil qilish texnik vositalariga axborotlarni olish va qayta ishlash, nusxa ko’chirish va ko’paytirishga mo’ljallangan turli xil uskunalar, moslamalar, mashinalar hamda aloqa vositalari kiradi. Bunga yana axborot tashuvchilar va xizmat ko’rsatish vositalari, xizmat xonalari asbob-uskunalarini ham kiritish mumkin. Ishbilarmonlar o’z ishlarida juda ko’plab oddiy kurol va moslamalardan: qalamlar, ruchkalar, schyotlar, idora daftarlari, jadvallar, grafiklar, va hokazolardan foydalanadilar.
Kichik biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil qilish, hujjatlarni saqlash vositalari: tokchalar, javonlar, kartotekalar, magnit tasmalari, magnit va lazer disklarini ko’zda tutadi. Aloqa vositalarining: telefon, teleks, ATs, direktorlik va dispetcherlik kommutatorlari, radioaloqa, chaqirish va avariya signal berish qurilmalari va hokazolarning mavjudligi ham muhimdir.
Biznesda xilma-xil idishlar, tarozilar, soatlar, hisoblagichlar va axborot datchiklari, turli xil ulchov asboblari, yozuv va nusxa ko’chirish mashinalari ham muhim ahamiyatga ega.
Biznesda ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yuzlab turdagi hisoblash mashinalari ishlatiladi. Bu mashinalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

  • hisoblash-klavishli mashinalar;

  • hisoblash-perfokartali mashinalar;

  • elektron-hisoblash mashinalari.

Hisoblash-klavishli mashinalar eng sodda arifmetik amallarni bajarishga imkon beradi. Hisoblash-perfokartali mashinalar – qo’shish, olish, ko’paytirish va bo’lishni hamda eng murakkab amallarni bajaradi.
Elektron-hisoblash mashinalari murakkab mantiqiy operatsiyalarni: taqqoslash, keyingi amalni tanlash, ishlab chiqarilgan dasturlar bo’yicha murakkab hisoblarni bajarish qobiliyatiga ega.
Biznesda texnik vositalardan foydalanishni tashkil qilish shakllari turli-tuman. Kichik korxonalarda mashina-hisoblash stantsiyalari tashkil qilinadi.
Ko’pgina ishbilarmonlar axborot-hisoblash markazlari xizmatlaridan xo’jalik shartnomalari asosida foydalanadilar.
Axborotlar bilan ta’minlashni tashkil qilish axborotlarni yig’ish, uzatish va qayta ishlash bilan mashg’ul xodimlar mehnatini ham tashkil qilishni ko’zda tutadi. Unumli mehnat uchun quyidagilar zarur:

  • ishchi o’rinlarini tashkil qilish va ularga xizmat ko’rsatish;

  • mehnatni aniq taqsimlash va birlashtirish;

  • mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, xodimlar mehnati va hayotining qulay sanitariya-gigena sharoitlarini yaratish.

Tadbirkor tomonidan qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari xususiyatlarining taxlili tadbirkorning axborotga bo’lgan ehtiyojini aniqlash uchun ob’ektiv asos bo’ladi. Qaror qabul qilish uchun turli-tuman axborotlar kerak. Bular avvalo, biznesni ta’riflovchi ichki axborotlardir. Moddiy va mehnat zaxiralari, ishlab chiqarish texnologiyasi, mahsulotlarning tannarxi, korxona ichida yuklarni tashish, xodimlar mehnatiga haq to’lash, ularning malakalarini oshirish va boshqalar shunday axborotlardan bo’lishi mumkin.
Bunday axborotlar operativ xarakterga ega bo’lib, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni hamda biznesning iqtisodiy ko’rsatkichlarini aks ettiradi.
Ichki axborotdan tashki tadbirkorga tashqi axborot ham kerak bo’ladi. U keng doiradagi ma’lumotlardan iborat bo’lib, ishbilarmonga bozor, tovarlar narxlari, transport harajatlari, eng yangi uskunalar va ilg’or texnologiya, biznesning uni qiziqtirgan sohasidagi fan va amaliyot yutuqlari, raqiblari haqida ma’lumotlar beradi. Bulardan tashqari har bir ishbilarmon soliqlar, tadbirkorlik haqidagi qonunlarni, mehnat qonunchiligini va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi kerak.
Tadbirkorga yana ijtimoiy-psixologik axborotlar:

  • tabiiy muhitning ekologik holati;

  • mahsulot iste’molchilarining yashashi va maishiy sharoitlari haqidagi axborotlar ham kerak.

Tadbirkor qo’yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda eng zarur axborotlarni tanlab olishi, ular bilan tanishishi, keraksiz va kam ahamiyatga ega ma’lumotlarni tashlab yuborishi hamda u yoki bu masala bo’yicha boshqaruv qarorini ishlab chiqishi zarur.
Ishbilarmon axborot bilan bog’liq o’z ishini hamda axborotlarni tayyorlovchi o’z xodimlari mehnatini samarali tashkil qilishi kerak. Aks holda rahbarga tasodifiy ma’lumotlar etib borishi mumkin.
Tadbirkorga axborot xizmati ko’rsatishni tashkil qilishda eng asosiy – ortiqcha ma’lumotlarni saralovchi ishonchli filtrni yaratishdir. Tadbirkorning yordamchilari ana shunday filtr bo’lishlari kerak.


Asosiy adabiyotlar





  1. Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishishimiz lozim. // Xalq so’zi gazetasi, 2006 yil, 11 fevral.

  2. Qosimova M.S., Xodiev B.Yu., Samadov A.N., Muxitdinova U.S., Kichik biznesni boshqarish. O’quv qo’llanma. –T.: O’qituvchi, 2003.

  3. Qosimova M.S. Ergashxo’jaeva Sh.J. Marketing. O’quv qo’llanma. –T.: TDIU, 2004.

  4. Grigorev M.N. Marketing: ucheb.posobie dlya studentov vuzov. – M.: Gardariki, 2006.

  5. Lapusta M.G. Predrinimatelstvo. –M.: INFRA-M, 2004.

Internet veb-saytlari



  1. www.biznes.ru

  2. www.business.com

  3. www.businesspress.ru

  4. www.gendirector.ru

Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling