1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari
Download 262.5 Kb.
|
4 ta savol
Moliyaviy tadbirkorlik – pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati. Moliyaviy tadbirkorlikda qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar), valuta qimmatliklari va milliy pullar oldi-sotdi qilinishi uning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun tijorat banklari, moliya-kredit kompaniyalari, fond, valuta birjalari va boshqa shu kabi maxsus muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish talab qilinadi Moliyaviy tadbirkorlik faoliyatiga banklar,sug`urta,auditorlik,lizing,fond birjalarini kiritishimiz mumkin Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko`rsatuvchi maqom bo`lib xizmat qiladi.
Tijorat banki — pul omonatlarini (depozit) qabul qilish va mijozlar topshirigiga ko'ra boshqa hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish ishlari bilan shug'ullanuvchi, asosan tijorat tashkilotlariga haq toʻlash asosida kredit beruvchi aksiyadorlik ko'rinishidagi moliya-kredit muassasadir. Tijorat bankining daromad manbal - depozit va qarz mablag'larning foiz stavkalari o'rtasidagi farqdir. Tijorat banklar operatsiyasi uch guruhga boʻlinadi: passiv (mablag' jalb etish), aktiv (mablag' joylashtirish), tijorat - vosita (mijoz topshirig'iga ko'ra turli operatsiyalarni amalga oshirish. Moliyaviy tadbirkorlikning yana bir elementlaridan biri fond birjalaridir. Fond birjasi, deyilganda - kapital harakatini tezlatuvchi va aktivlarni haqiqiy qiymatini aniqlashga yordam beruvchi, tashkilotchilik bilan rasmiylashtirilgan, muntazam faoliyat ko'rsatuvchi qimmatli qog`ozlar bozori tushuniladi. Fond birjasining faoliyati tamoyillari talab va taklifni tezkor boshqariluviga asoslanadi. Fond birjasida qimmatli qog`ozlar aylanishi, muomalada bo'lishi (kotirovkasi) ta'minlanadi. Buning uchun birjaning muomala bo'limi mutaxassislari tomonidan birjadan barcha qimmatli qogozlarni sotib oluvchilar kurslari va sotuvchilar kurslariga muntazam ravishda baxo berib boriladi. Bu borada Joriy kurslar doimiy ravishda tabloda koʻrsatib turiladi va maxsus byulletenlarda e'lon qilib boriladi. Joriy kurslar ayni vaqtda qaysi birjada ma'lum aksiyalarni qanday baxolarda sotib olish mumkinligini ko'rsatadi. Bu narxlar, maxsus formulalar orqali hisoblanib, birja faoliyati indekslarini olishda asos-iqtisodiy ahvolni belgilovchi oʻziga xos parametr hisoblanadi. 2. Innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishda soliq imtiyozlarining roli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e'lon qilinishi, hamda mazkur yilga bag‘ishlangan alohida dasturning qabul qilinishi bilan mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo‘lida katta ishlar boshlandi. O‘zbekiston Respublikasida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish, hamda innovatsiyalarning rivojlanishi uchun mazkur innovatsion faoliyat sub'yektlarini soliqlar orqali qo‘llab-quvatlashni kuchaytirish muhim ahmiyat kasb etadi. Amaldagi soliq qonunchiligida innovatsion faoliyatni soliq imtiyozlari orqali rivojlantirishga qaratilgan ko‘p qoidalar mavjud emas. Faqatgina Soliq kodeksining 208-moddasida byudjyet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi belgilangan. Ya'ni byudjyet tashkilotlari hisoblanuvchi ilmiy tekshirish muassasalari yoki byudjyet mablag‘lari oluvchilar tomonidan bajarilgan innovatsiya ishlarigina QQSdan ozod qilinishi mumkin uqoridagi imtiyozni nodavlat tashkilotlari yoki xususiy mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot va innovatsiya ishlari uchun ham tatbiq etish zarur hisoblanadi. Mazkur o‘zgartirishni kiritish mulkchilik shaklidan qat'iy nazar har qanday tashkilotlar tomonidan bajariladigan ilmiy tadqiqot va innovatsiya ishlarini realizatsiya qilish bilan bog‘liq oborotni QQSdan ozod qilinishiga olib keladi va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Download 262.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling