1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarida marketing faoliyatini tashkil etish
Download 262.5 Kb.
|
4 ta savol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing — tadbirkorlikning falsafasi
- Bozorni tanlash.
2. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarida marketing faoliyatini tashkil etish. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketingning ahamiyati. Marketing – biznes falsafasi. Marketingning boshqaruv funksiyasi. Bozorni tanlash.
Javobi: Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketingning ahamiyati. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo4ib marketing hisoblanadi hamda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konserni boshqaruvi raisi Djon harvi Djons kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni o'rnini tavsiflab shunday deydi, ya’ni «Marketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg'i, balki kema komandasidir». Marketing elementlarining paydo XVII asrning o'rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlami natural ayirboshlashning turli shakllari paydo bo'ladi, keyinchalik marketing faoliyatining birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarning rivojlanishi kuzatildi. Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog liqdir, shu bois marketing so'zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market bozor, ing faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi). Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yichaamaliyot faoliyati hamdir. Talab bilan taklifning o'zaro ta’siri alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtirnoiy-i qtisodiy kategoriyalaming o'zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarning iste’moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkonberadi.Quyida marketingning asosiy kategoriyalari berilgan Muhtojlik kishining biror-bir narsa etishmasligini his etishidir. Ehtiyoj individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab xarid quvvatiga ega ehtiyoj. Talab mavjud, potensial hamda xohish talabga bolinadi. Marketing faoliyati falsafasining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyati va biznesda asosiy e’tibor iste’molchiga qaratilishi kerak, degan fikrdan iborat. Haqiqatdan ham “Iste’molchi - shoh” degan shior bu falsafaning negizidir. Firma tovarlarining bozorda qabul qilinishi, iste’molchining uni tan olishi firma yutug‘ining garovidir. Marketingda eng asosiy narsa bu ikki va bir-birini to‘ldiruvchi yondashuvdir. Bir tomondan bozorni har tomonlama o‘rganish, iste’molchilar ehtiyoji, talabi, xohishlarini o‘rganish, so‘ngra ishlab chiqarishni yo‘naltirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan marketingni qo‘llab bozor talabiga ta’sir ko‘rsatishdir. Marketing har bir mijoz uchun muhimdir. Chunki marketing kundalik hayotimizning har bir jabhasiga ta’sir qiladi. Siz boradigan do‘kon, sotib olayotgan har bir mahsulot, tinglaydigan radio yoki TV – Marketing ko’rsatmasi bilan ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanadi Marketing xizmati tomonidan ta’minlanadi Shakl Vazifa Vaqt Makon Egalik huquqi Mijozni qanoatlantiradigan iqtisodiy foydaliliklar 8 bularning hammasi marketing tufayli! Marketingni o‘rganishning yana bir muhim jihati – siz xaridor sifatida marketing xizmatlari uchun pul to‘laysiz. Rivojlangan mamlakatlarda marketing sarflari har 1$ da 0.5$ni tashkil qiladi. Marketingni o‘qitishning yana bir boshqa jihati shundaki, hozirgi kunda marketing sohasida juda ham qiziqarli va daromadli mavqega ega bo‘lish mumkin. Marketing — tadbirkorlikning falsafasi va unsuri sifatida yuzaga kelishi turli nazariy va amaliy maktablarning xulosasidir. Marketing tadbirkorlar, menejerlar, turli mamlakatlar olimlarining har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi faoliyati natijasida rivojlanib boradi. Marketingning boshqaruv funksiyasi. Hozirgi davrda korxonada marketing xizmati mavjud bo‘lmagan bozor tizimidagi biron-bir korxona normal faoliyat olib borolmaydi. Shuningdek, vaqt o‘tishi bilan marketingning foydaliligi oshib bormoqda. Buning sababi shuki, hammaga ma’lum bo‘lgan inson ehtiyojlari cheksiz, koxonaning resurslari esa cheklangandir. Har bir subyektning o‘ziga xos ehtiyojlari mavjud, ularni qondirish esa har doim ham sifatli bo‘lmaydi. Har bir insonga o‘ziga xos individual yondashuv lozim. Shuning uchun yangi sharoitda didning xilma-xilligini aniq ajrata oladigan va ularni his eta oladigan korxonalargina yashay oladilar. Marketing esa bunga imkon beradi. Bozor sharoitida savdo tizimi mahsulotdan voz kechishi mumkin, davlat zararlarni qoplamaydi, kredit berishda banklar o‘zlarining shartlarini olga suradilar, bozorga xos bo‘lgan raqobat paydo bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga moslashmagan korxonalar tez orada inqirozga uchrashi mumkin. Bunday hollardan omon qolish maqsadida, xo‘jalik faoliyati sohasidagi mutaxassislariga, bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarish texnikasini va uslublarini o‘rganishlari lozimdir. Zamonaviy O‘zbekiston Respublikasida marketing endi rivojlana bormoqda, shuning uchun mamlakat korxonalarining marketing faoliyatidagi tajribalari juda ham cheklangan. Bunda «istalgan narxda, istalgan mahsulotni sotish» tamoyiliga amal qilinmoqda. Bu so‘zsiz marketing g‘oyasiga qarshidir. Zamonaviy marketing konsepsiyasi korxonaning barcha faoliyat turlari iste’mol talablarini va ularning kelajakdagi o‘zgarishini bilishga asoslanishidan iboratdir. Bundan tashqari marketingning yana bir maqsadlaridan biri xaridorlarning qoniqtirilmagan talablarini aniqlash va bu bilan ishlab chiqarishni ushbu talablarni qoniqtirishga yo‘llantirishdan iboratdir. Marketing tizimi iste’molchilarga zarur bo‘lgan miqdor va assortimentdan kelib chiqqan holda, tovar ishlab chiqarishni ushbu omillarga bog‘liq bo‘lgan funksional qaramlikka yuz tutadi. Aynan shu sababdan marketing bozorni o‘rganish metodlari yig‘indisi bo‘lishidan tashqari, u o‘z urinishlarini samarali savdo kanallarini yaratish va reklama kompaniyalarini o‘tkazishga qaratadi. Bunday ko‘p qirrali va hozirda dolzarb bo‘lgan marketing mavzusiga bo‘lgan qiziqish nafaqat, alohida bir mamlakat, balki, butun dunyoda ham ko‘paymoqda, ta’kidlash joizki ushbu qiziqish kundan-kunga ortib globallashmoqda. Bu marketing har birimizni qiziqishlarimizga taalluqliligi bilan tushuntiriladi. Avtomashinani sotayotganimizda, ish joyini qidirayotganimizda, hayriya ishlari uchun mablag‘ to‘playotganimizda yoki g‘oyani ilgari surayotganimizda biz marketing bilan shug‘ullanamiz. Biz bozor o‘zi bilan nimani aks ettirishini, unda kimlar ish yuritishini, u qanday ishlashini, uning talablari qandayligini bilishimiz lozim. Ta’kidlab o‘tilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitida va ayniqsa bozorga o‘tish davrida marketing iqtisodiy intizomlarning eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Bundan butun iqtisodiy xo‘jalikning samarali ishlashi marketing tizimi qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganliligiga bog‘liq. Marketing bu - korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, shuningdek, sotish faoliyatini tashkil qilish tizimidir, daromad olish maqsadida mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talablarni shakllantirish va qondirish. Mutaxassislar «marketing» terminiga ikki xil ma’noni kiritishadi: bu boshqarishning funktsiyalaridan biri va bozor munosabatlari sharoitida to‘liq boshqaruv konsepsiyasidir. Boshqaruv funksiyasi sifatida marketing moliya, ishlab chiqarish, ilmiy izlanishlar, moddiy-texnik ta’minot va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi faoliyatlardan kam bo‘lmagan ahamiyatga egadir. Boshqaruv konsepsiyasi sifatida (biznes falsafasi) marketing korxonadan iste’molni «demokratik» jarayon sifatida tan olishlarini talab etadi va bu jarayonda iste’molchilar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarga o‘zlarining pul mablag‘lari bilan «ovoz» berish imkoniyatini yaratadi. Bu korxonaning muvaffaqiyatini aniqlaydi va iste’molchilarning talablarini optimal tarzda qondirish imkoniyatini beradi. Marketing bu - ommani xarid qilishga undash uslubi bo‘lgani sababli, ko‘pchilik bu tushunchani rag‘batlantirish va sotish bilan tenglashtiradilar. Farqi shundan iboratki: sotish, asosan yuzma-yuz muomalani – sotuvchi potensial xaridorlar bilan muomalasini anglatadi. Marketing insonlar- ushbu sotuvchi korxona vakillarining birontasi bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri muomalada bo‘lmagan insonlar fikrini jalb etish va undash uchun ommaviy axborot vositalarini va boshqa uslublardan foydalanadi. Boshqaruv muammolari bo‘yicha yetakchi nazariyotchilardan biri Peter Drukker bu haqida shunday deydi: Marketingning maqsadi - sotish borasidagi urinishlarni bekor qilish. Uning maqsadi - mijozni shunday o‘rganish va tushunish kerakki, tovar yoki xizmatlar unga aniq to‘g‘ri kelishi va o‘zini-o‘zi sotishlari mumkin bo‘ladi. Marketing - ko‘p qirrali va dinamik bo‘lgan murakkab hodisadir. Bu bilan marketingni tamoyillariga va funksiyalariga, uning asosiga bir universal termin bilan to‘liq va adekvat tushuntirish berib bo‘lmasligi tushuntiriladi. «Marketing» termini AQSHda 20 asrning boshlarida paydo bo‘lib, yetakchi boshqaruv funksiyasi sifatida esa marketing 50-yillardan boshlab ko‘rila boshladi. Hozirgi davrda marketingning 2000 yaqin ta’riflari mavjud bo‘lib, ularning har biri marketingning u yoki bu tarafini yoritib berishga yoki uning kompleks tavsifini berishga harakat qiladi. Bozorni tanlash. Biroz o'ylab, kundalik tovarlarga kirishga qaror qilindi. Aleksey ushbu segment inqirozda kamroq himoyasiz va ko'proq barqarorlikni ta'minlay oladi degan farazga ega edi. Maishiy kimyo bilan shug'ullanish g'oyasi bola tug'ilgandan ko'p o'tmay, yuvish vositalarini izlab, Aleksey arzon ommaviy uy kimyoviy moddalari va xavfsiz, ammo qimmat Yevropa mahsulotlari o'rtasida katta, to'ldirilmagan tovar va narx joyi borligini payqaganida paydo bo'ldi. Tadbirkor kimyo fanini yaxshi biladigan va ushbu segmentdagi yirik G‘arb kompaniyalarida ish tajribasiga ega bo‘lgan tanishini topdi. U bilan birgalikda biz G'arb analoglari darajasida mahsulotlarning tarkibi haqida o'yladik va uning narxini hisoblab chiqdik. Ma'lum bo'lishicha, Synergetic mahsulotlari ideal tarzda qiziqish doirasiga kiradi. Tuzilgan biznes modeli mahsulotlarning kutilayotgan narxi xorijiy analoglardan bir necha baravar past bo'lishini ko'rsatdi. Evropaning ekologik toza mahsulotlarining yuqori narxlari, asosan, yuqori darajadagi chakana savdo (“Azbuka Vkusa”) kabi bir nechta savdo kanallaridan foydalanishi bilan bog'liq. Katta bozor ulushini olishdagi qiyinchiliklar daromadni ta'minlash uchun narxlarning oshishiga olib keladi. Synergetic, garchi u ko'pchilik yuvish vositalariga qaraganda qimmatroq bo'lsa-da, ommaviy bozorga qaratilgan. Odamlar xavfsiz tovarlarni olishni xohlashlaridan tashqari, mahalliylashtirish tendentsiyasini ham yoqtirishadi. Agar ilgari korporatsiyalar (P&G yoki Unilever) sotuvi o'sgan bo'lsa, endi iste'molchilar borib, uch, besh, o'n yil oldingi brendlarni olishni xohlamaydilar, balki yangiliklarni, yaxshisi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan qidirmoqdalar. Download 262.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling