1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksport faoliyati uchun so‘nggi yillarda yaratilgan imkoniyatlar
O‘rtacha sotish bahosi o‘zgarishining rentabellik darajasining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash tartibini tushuntiring
Download 44.14 Kb.
|
Xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab quvvatlashni takomillashtrishish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy kapital rentabelligi nimani bildiradi
5. O‘rtacha sotish bahosi o‘zgarishining rentabellik darajasining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash tartibini tushuntiringНачало формы
Конец формы Rentabellik (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. R. korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. R. foyda olib ishlashning qiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashinauskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun R.ning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi. Xususiy kapital rentabelligi sof foydaning xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati tariqasida hisoblanadi, ya’ni u xususiy kapital summasini 100 foizga ko’paytirib, natijasini xususiy kapitalning o’rta qiymatiga bo’lishi orqali aniqlanadi. Buni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: ; (1) yoki ; (2) Bunda, RXK – xususiy kapital rentabelligi; SF – sof foyda summasi (hajmi); XKH – xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymati (hajmi); UK – Ustav kapitalining o’rtacha qiymati; QK – qo’shilgan kapitalning o’rtacha qiymati; ZK – zaxira kapitalining o’rtacha qiymati; TF – taqsimlanmagan foyda summasi. Xususiy kapital rentabelligi nimani bildiradi? Xususiy kapital rentabelligi bir yoki yuz so’mlik xususiy kapital hajmi hisobiga olingan sof foyda summasini bildiradi. Ushbu ko’rsatkich bazis yilidagi yoki biznes rejada ko’zda tutilgan kapital rentabelligiga nisbatan yuqori bo’lsa, xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi. Xususiy kapital rentabelligi qancha yuqori bo’lsa, xo’jalikning moliyaviy ahvoli ham shuncha mustahkam bo’ladi. Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini bazis yilidagi (yoki rejada ko’zda tutilgan darajasiga) solishtirib, umumiy o’zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Rentabellik darajasining o’zgarishi birinchi va ikkinchi tartibli omillar ta’siri ostida yuzaga keladi.
Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulini qo’llash orqali aniqlash zarur. Buning uchun quyidagi 3 ta bog’lanish rentabellik ko’rsatkichini aniqlab, so’ngra omillarning ta’sirini aniqlash maqsadli bo’ladi. 1. -bazis yilidagi (yoki rejadagi) rentabellik darajasi.
Shundan keyin xususiy kapital rentabelligining omilli tahlili amalga oshiriladi. Hisobot yilidagi xususiy kapital rentabelligidan (3-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabelligini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash orqali uning umumiy o’zgarishi aniqlanadi:
Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga uning o’rtacha qiymati (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli rentabellik darajasidan (2-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabellik darajasini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak: Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga sof foyda summasi (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi rentabellik darajasidan (3-bog’lanishdan) shartli rentabellik darajasini (2-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak: Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak: Shundan keyin rentabellik darajasining o’zgarishiga xususiy kapital hajmi o’zgarishining ta’sirini har bir kapitalning turi bo’yicha aniq ko’rsatish va mavjud imkoniyatlarni yetarli darajada bayon qilish uchun ikkinchi tartibli omillar ta’sirining tahlilini amalga oshirish kerak. Buning uchun yuqorida keltirilgan rentabellikning ikkinchi formulasidan foydalanish zarur. Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga quyidagi 5 ta omil ta’sir qiladi: 1. Ustav kapitali hajmining o’zgarishi; 2. Qo’shilgan kapital hajmining o’zgarishi; 3. Zaxira kapitali hajmining o’zgarishi; 4. Taqsimlanmagan foyda summasining o’zgarishi; 5. Sof foyda summasining o’zgarishi. Ushbu omillarning rentabellikni o’zgarishiga ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlash qulayroqdir. Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin xususiy kapital rentabelligini ifodalovchi quyidagi bog’lanish ko’rsatkichlarini aniqlab olish zarur:
Download 44.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling