7. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Mehmonlar, garchi bunday vaqtda kishiga hech qanday so‘z tasalli bera olmasligini bilishsa ham, kampirga tasalli bergan bo‘lib qo‘zg‘alishdi. B) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilishar edi. C) To‘g‘ri odamning hech qayerda qo‘li qaltiramaydi. D) Iliq so‘z dilni eritar.
8. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Kampir bolalarga bir qismdan turshak berib, ularni maqtay ketdi. B) Kunlar shu taqlid o‘taverdi, g‘am-alam ham asta-sekin unutildi. C) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilar edilar. D) A,B.
9. Umuman, hisob-kitob ishlarimizda monelik bor. Berilgan gapdagi uslubiy noto‘g‘ri ishlatilgan so‘zni almashtiring.
A) jumla to‘g‘ri va ravon B) “hisob-kitob” so‘zi ortiqcha
C) “bor” so‘z noto‘g‘ri ishlatilgan D) “monelik” o‘rnida “chalkashlik” so‘zini ishlatish zarur.
10. Quyidagi sinonim so‘zlardan qaysi biri betaraf (to‘g‘ri) ma’noda odamga nisbatan qo‘llanadi?
A) mujimoq B) g‘ajimoq C) kemirmoq D) A,C
11. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Tog‘da don topolmay och qolgan kakliklar gala-galasi bilan daraga yopirilib tushgan. B) Laziz yoqilg‘i to‘la bochkalarni birin-ketin dumalatib ayvon tagiga taxladi. C) Yormat boshini ko‘tardi, bir qo‘lini yerga tirab yonboshladi. D) Samarqand bilan yondash Buxoroda xalqning, amirlikka qarshi qudratli harakati yanada rivojlandi.
12. Tovush takrori uslubiy vazifa bajarayotgan so‘z qatnashgan gapni toping.
A) U Naziraning gapidan qattiq ranjidi. B) Salimov nima deyishini bilmay g‘o‘ddayib turaverdi. C) O‘qituvchi bitiruvchilarga katta muvaffaqiyatlar tiladi. D) O‘rozmat sayohatdan olgan taassurotlarini so‘zlab berdi.
13. Boringlar va borlaring so‘zlari o‘rtasida qanday uslubiy farq bor?
A) uslubiy farq yo‘q B) birinchisi kitobiy uslubga xos C) birinchisi hurmatni, ikkinchisi sof ko‘plikni bildiradi D)birinchisi mo‘‘tadil (neytral) so‘z, ikkinchisi salbiy bo‘yoqqa ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |