1. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi


Download 0.72 Mb.
bet13/135
Sana17.07.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1660737
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135
Bog'liq
1. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishon (1)

4-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Qaysi gapda paronimlar bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Otasi endi qarib kuchdan qolgan edi. B) Gul o‘tkazdim bog‘imga. C) Hayvonot bog‘ida jayron ham bor. D) Hirotda talaygina adiblar, mashshoqlar, rassomlar chiqibdi.
2. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Quyosh hamal yulduzlar burchiga o‘tishi bilan kunlar isiy boshlaydi. B) Shahrimiz nufusi uch milliondan oshdi.
C) Tushga qolmay yukimiz ot aravaga ortildi. D) Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi.
3. Berilgan qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Qudrat ko‘cha aylanib uyga kirsa, hech zog‘ yo‘q. B) Zilola yodsirab, qovog‘ini solib teskari burildi. C) Milliard yillar sari yo‘l olgan avlodlarning ibtidosiman. D) Anzirat xola o‘z-o‘zidan javrab, qorong‘ida ivirsib yurar edi.
4. Quyidagi qo‘shimchalarning qaysi biri she’riyatda ikki kelishik qo‘shimchasi vazifasida qo‘llanishi mumkin?
A) –da B) –dan C) –a D) –n
5. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Dangasaning ishi bitmas, ishi bitsa ham, qishi bitmas. B) Qadr bilmas qarindoshdan, qadr qilgan yod yaxshi. C) Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi. D) Har qadamda halqob bo‘lib yotgan ko‘lmaklar yerga singib, ariqlardagi loyqalar tina boshladi.
6. Quyidagi sinonim so‘zlarning ko‘proq so‘zlashuv uslubiga tegishlisini belgilang.
A) rohat B) huzur C) mazza D) lazzat
7. Quyidagi rang bildirgan so‘zlardan badiiy uslubga tegishlisini toping.
A) ko‘k B) zangor C) moviy D) havo rang
8. Qaysi qatordagi birlikning qo‘llanishi uslubiy jihatdan xato hisoblanadi?
A) qayd qilmoq B) qayt qilmoq C) qayd etmoq D) qayt etmoq
9. Yozma nutqda quyidagi birliklarning qaysi biri uslubiy vazifa bajarishi mumkin?
A) sinonimlar B) paronimlar C) omonimlar D) A, B, C.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling