11. Qaysi qatorda kun so‘zi -lar qo‘shimchasini qabul qilmaydi?
A) Kun botib, qorong‘u tusha boshladi. B) U kun ortda qoldi, shu yurt farzandi ekanligimiz bilan faxrlanadigan davr keldi.
C) Shanba kuni siz keling, yakshanba kuni men boray. D) Hasanali kunini tomoqsiz, tunini uyqusiz kechira boshladi.
12. Qo‘shimchalar noo‘rin qo‘llangan gaplarni toping.
A) Ulkan majburiyatni sharaf bilan bajarildi. B) Baxt har kimning o‘z didi va mezonidan C) Tuyaning ustidan turib, pichan o‘rib bo‘lmaydi D) Barcha gaplarda qo‘shimchalar noo‘rin qo‘llangan.
13. Quyidagi misolda qanday holat ifodalangan? Telefon orqali so‘zlashmoq – telefonda so‘zlashmoq.
A) ko‘makchili boshqaruv B) kelishikli boshqaruv C) ko‘makchi va kelishik sinonimiyasi D) so‘z birikmasi
14. Portlovchi izotrop o‘yinchoqlarni xorijdan qandaydir yo‘llar bilan keltirilayotgani haqida ko‘p yozilmoqda. (Gazetadan) Mazkur gapda qaysi kelishik bilan bog‘liq uslubiy kamchilik mavjud?
A) bosh kelishik B) tushum kelishigi C) qaratqich kelishigi
D) jo‘nalish kelishigi
15. Qaratqich kelishigi qaysi kelishik bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi?
A) o‘rin-payt kelishigi bilan B) chiqish C) jo‘nalish D) tushum
16. Quyidagi gapda -lar qo‘shimchasi qanday ma’no anglatgan? Televizorga tikilaverib ko‘zlarim charchab ketdi.
A) o‘xshatish ma’nosini B) taxmin, chama ma’nosini C) sof ko‘plik ma’nosini D) kuchaytirish, ta’kid ma’nosini
17. Kelganim qachonlar edi. Ushbu gapda -lar qo‘shimchasi qanday uslubiy ma’noni anglatgan?
A) kuchaytirish B) chama, taxmin C) kesatish, kinoya D) sof ko‘plik
18. Yozma nutqda quyidagi birliklarning qaysi biri uslubiy vazifa bajarishi mumkin?
A) sinonimlar B) paronimlar C) omonimlar D) A, B, C.
Do'stlaringiz bilan baham: |