12. Ijtimoiy-siyosiy so‘zlar qatlami qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar hisoblanadi?
A) ommabop uslub B) ilmiy uslub C) rasmiy uslub D) badiiy uslub
13. Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisini belgilang.
A) Qani endi, barcha ham senga o‘xshasa. B) Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi. C) Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi. D) Yonishning tashqi belgisi issiqlik va yorug‘lik chiqishidir
14. Uslub – bu ...
A) so‘zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir. B) bir xil fikr, voqea, hodisani turlicha shakllarda ifodalash usulidir. C) bir xil fikr, voqea, hodisani turlicha usullarda ifodalash imkoniyatidir D) barchasi to‘g‘ri.
15. Obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga, boylik qaysi uslubga xos xususiyat?
A) rasmiy uslubga B) so‘zlashuv uslubiga C) badiiy uslubga D) publitsistik uslubga
16. Tilning uslubiy vositalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) sinonimlar, omonimlar B) polisemiya, metafora C) epitet, metonimiya, sinekdoxa D) barchasi to‘g‘ri.
17. Quyidagi sinonimik so‘zlarning qaysi biri so‘zlashuv uslubiga xos?
A) qadrdon B) ahil C) totuv D) qalin
18. Uslubiy jihatdan eng muvofiq so‘zlar orqali shakllangan gapni toping.
A) Ona diyorim, yer uzra toleing kulsin. B) Ona diyorim, yer ustida toleing kulsin. C) Ona diyorim, yer uzra baxting kulsin.
D) Ona diyorim, zamin uzra toleing kulsin.
19. Quyidagi gaplarning qaysi biri uslub jihatdan qo‘pol shakllangan?
A) Qaysi biringiz rohat qilib, mehnatda o‘sdingiz? B) Butun hayotimni o‘qituvchilik ishiga bag‘ishlayman. C) Tug‘ishi yaqin bo‘g‘oz xotinlar ham ishga chiqmaydilar. D) Bizning sayohatimiz yetti kun davom etishi kerak.
20. Quyidagi gaplarning qaysi biri uslub jihatdan noto‘g‘ri shakllangan?
A) Ko‘zing og‘risa, qo‘lingni tiy, tishing og‘risa, tilingni. B) Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. C) SPID kasalligi bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. D) Jarohati og‘irligidan kasal tinmay ihrar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |