4. Yozma nutqda quyidagi birliklarning (juftliklarning) qaysi birini o‘zaro almashtirib qo‘llasak, uslubiy xatoga yo‘l qo‘yiladi?
A) sinonimlarni B) paronimlarni C) omonimlarni D) A, B
5. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Mehmonlar, garchi bunday vaqtda kishiga hech qanday so‘z tasalli bera olmasligini bilishsa ham, kampirga tasalli bergan bo‘lib qo‘zg‘alishdi. B) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilishar edi. C) To‘g‘ri odamning hech qayerda qo‘li qaltiramaydi. D) Iliq so‘z dilni eritar.
6. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Kampir bolalarga bir qismdan turshak berib, ularni maqtay ketdi. B) Kunlar shu taqlid o‘taverdi, g‘am-alam ham asta-sekin unutildi. C) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilar edilar. D) A,B.
7. Umuman, hisob-kitob ishlarimizda monelik bor. Berilgan gapdagi uslubiy noto‘g‘ri ishlatilgan so‘zni almashtiring.
A) jumla to‘g‘ri va ravon B) “hisob-kitob” so‘zi ortiqcha
C) “bor” so‘z noto‘g‘ri ishlatilgan D) “monelik” o‘rnida “chalkashlik” so‘zini ishlatish zarur.
8. Quyidagi sinonim so‘zlardan qaysi biri betaraf (to‘g‘ri) ma’noda odamga nisbatan qo‘llanadi?
A) mujimoq B) g‘ajimoq C) kemirmoq D) A,C
9. Qaysi qatordagi birlikning qo‘llanishi uslubiy jihatdan xato hisoblanadi?
A) qayd qilmoq B) qayt qilmoq C) qayd etmoq D) qayt etmoq
10. Yozma nutqda quyidagi birliklarning qaysi biri uslubiy vazifa bajarishi mumkin?
A) sinonimlar B) paronimlar C) omonimlar D) A, B, C.
11. So‘zlamoq so‘zidan uslubiy jihatdan farqlanadigan ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq B) to‘ng‘illamoq, vaysamoq, ming‘irlamoq, javramoq C) irod etmoq, bayon etmoq D) barchasi uslubiy jihatdan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |