26. Bir sinonimik qatorga mansub quyidagi so‘zlarning ijobiy ma’noga egasini belgilang.
A) bet B) aft C) bashara D) chehra
27. Quyidagi matn qaysi uslubga xos?
17-modda. Fuqarolarning huquq layoqati. Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqaroning huquq layoqati tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy D) publitsistik
28. Quyidagi matn qaysi uslub namunasi hisoblanadi?
Yomg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. Tomchining diametri 0,50,6 mm bo‘ladi. Yomg‘ir bulutdagi mayda suv zarralarining qo‘shilib yiriklashuvidan hosil bo‘ladi. yomg‘ir ikki xildir: jala yomg‘ir, shivalama yomg‘ir. Shivalama yomg‘irning yog‘ish miqdori intensivligi soatiga 0,25 mm gacha, jala yomg‘irniki esa 100 mm gacha bo‘lishi mumkin.
A) rasmiy uslub B) ommabop uslub C) publitsistik uslub D) ilmiy uslub.
29. Qaysi uslub turida tilning tasviriy-ta’siriy vositalari yordami bilan obrazlar vositasida kishiga estetik ta’sir ko‘rsatiladi?
A) publitsistik uslubda B) badiiy uslubda C) ilmiy uslubda D) rasmiy uslubda
30. Asosan qanday uslubda so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanmaydi?
A) ilmiy uslubda B) rasmiy ish uslubida C) so‘zlashuv uslubida D) A, B.
32-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Qaratqich o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Paxtani viltga chidamli xillarini yaratish ustida tajriba olib borayotgan olimlarni ko‘rdik. B) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur. C) Ongni eskirgan, g‘arazli maqsadlardan tozalash zarur. D) Otdan tushib, jilovini Ortiqqa berdi-yu, o‘zi direktorni molxonalar tomonga boshlab ketdi.
2. Quyidagi gaplarning qay birida qo‘shimcha qo‘llashda xatolik mavjud?
A) Ibrohimning gunohini hammamizning gardanimizga yuklama. B) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi. C) Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan bo‘lsa bas, uni tuzatar edi. D) Radio karnayi orqali chaqirilib, bir necha yoshlar imtihon zaliga kirib ketishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |