12. So‘zlamoq so‘zidan ovoz kuchi jihatidan farqlanadigan ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq B) to‘ng‘illamoq, vaysamoq, ming‘irlamoq, javramoq C) irod etmoq, bayon etmoq D) barchasi uslubiy jihatdan farq qiladi.
13. So‘zlamoq so‘zidan hissiy-ta’siriy bo‘yog‘i jihatdan farqlanadigan ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq B) to‘ng‘illamoq, vaysamoq, ming‘irlamoq, javramoq C) irod etmoq, bayon etmoq D) barchasi uslubiy jihatdan farq qiladi.
14. Ilmiy uslubga xos asosiy belgilardan biri noto‘g‘ri bayon qilingan qatorni belgilang.
A) undalmali gaplar, his-hayajonli gaplar deyarli qo‘llanmaydi B) tilning tasviriy-ta’siriy vositalari ishlatilmaydi C) Shartli belgilar qo‘llanmaydi. D) matn monologik nutq tarzida bo‘lib, dialoglar bo‘lmaydi
15. Rasmiy uslubda ko‘pincha qanday gaplardan foydalaniladi?
A) faqat darak gaplardan B) asosan buyruq gaplardan C) asosan buyruq va his-hayajon gaplardan D) asosan darak va buyruq gaplardan
16. Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda. Dala va bog‘larda ish qizg‘in. Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tikanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti. Anor tupini poxolga o‘rab, tuproq bilan ko‘myapti. Yuqoridagi badiiy tasvirdan asosiy fikr ifodalangan gapni toping.
A) U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tiklanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti B) Dala va bog‘larda ish qizg‘in C) Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. D) Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda.
17. Nutq madaniyatiga to‘liq ta’rif berilgan qatorni aniqlang.
A) lug‘aviy me’yorlarga rioya qilish B) to‘g‘ri yozish qoidalariga rioya qilish C) to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga rioya qilish D) mantiqiy izchillikka va adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri, aniq va yoqimli so‘zlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |