1. Kimyodan masalalar yechishning kimyoni oʻqitishdagi ahamiyati va roli. Fanni oʻqitishdan maqsad
Download 1.66 Mb.
|
masala yechish 204 shippi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-masala. 1g magniy yonishidan 25,6kJ issiqlik chiqishi ma’lum, shu asosida termokimyoviy yonish reaktsiya tenglamasini keltiring. Berilgan:m (H2) =12g 135
- Javob: 2MgO+O2=2MgO+1228,8kJ.
Gess qonuni. Termokimyoning ikkinchi qonuni 1840 yilda rus kimyogari G.I.Gess (1802-1850) tomonidan kashf etilgan.Gess qonuni quyidagicha ta’riflanadi: Reaksiyaning issiqlik effekti sistemaning boshlangʻich va oxirgi holatlariga bogʻliq boʻlib, jarayonning borish yoʻliga bogʻliq emas.
Masalan; CO2 ni ikki usulda hosil qilinsin. Birinchi usul quyidagi ikki bosqichdan iborat bo'lsin: C 12 O2 CO 110,5 kJ C 12 O2 CO2 283 kJ jami: 393,5 kJ Ikkinchi usulda reaksiyani bosqichsiz (bir yula) olib borilsin. C O2 CO2 393,5 kJ Demak, har ikki usulda CO2 ning hosil boʻlishi issiqlik effekti 393,5 kJ ga teng. Termodinamika nuqtai-nazardan kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti uning entalpiyasi H deb yuritiladi va u issiqlik effektiga teskari ishoralidir. H -Q H -393,5 kJ Gess qonunidan quyidagi xulosa kelib chiqadi: kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti mahsulotlarning hosil boʻlish issiqliklari yigʻindisi bilan boshlangʻich moddalarning hosil boʻlish issiqliklari yigʻindisi orasidagi ayirmaga teng. C6H12O6 + 6O2 + 6CO2 + 6H2O; ∆H + -2800 kJ Leysin-glitsin (Ley-Gly) ning hosil boʻlishida esa energiya yutiladi (endotermik prosess): Ley + Gly = Ley-Gly + H2O; ∆H = + 25 kJ 1-masala. 1g magniy yonishidan 25,6kJ issiqlik chiqishi ma’lum, shu asosida termokimyoviy yonish reaktsiya tenglamasini keltiring. Berilgan:m (H2) =12g 135 Q=25,6 𝑘𝐽 Q-? Yechish: M (Mg) =24g/mol Reaktsiya tenglamalarini yozamiz: 2MgO+O2=2MgO tenglamadan:1𝑔/48𝑔=25,6𝑘𝑗/𝑥; x=1228,8𝑘𝐽 demak, 2MgO+O2=2MgO+1228,8kJ Javob: 2MgO+O2=2MgO+1228,8kJ. 26.Kimyoviy muvоzаnаtning siljishi. Le-Shatele prinsipi. Kimyoviy muvozanat mavzusiga oid masalalar Le-Shatele printsipi. Muvozanatda turgan sistemaga biror bir ta’sir ko’rsatilsa, muvozanat buziladi va ma’lum vaqtdan so’ng yangi muvozanat qaror topadi. Bu jarayon muvozanatning siljishi deyiladi. Muvozanatni qay tarafga siljishini Le-Shatele printsipi aniqlab beradi: Muvozanatda turgan sistemaga biron-bir tashqi ta’sir ko’rsatilsa, muvozanat shu ta’sirni kamaytiruvchi reaktsiyaning borishi tarafga siljiydi. N2 + 3H2 = 2NH3 DH < 0 Ushbu reaksiyada azot, vodorod kontsentrasiyalarining oshishi hamda ammiak kontsentrasiyasini kamayishi muvozanatni o’ngga ammiak hosil bo’lishi tarafga siljishiga olib keladi. Aksincha azot yoki vodorod kontsenrasiyasini kamaytirish hamda ammiak kontsentrasiyasini oshirish muvozanatni chap tarafga siljitadi. Harorat oshganda muvozanat endotermik reaksiyaning borishi tarafga ya’ni ammiakning parchalanishi tarafga siljiydi. Bosim oshganda esa, muvozanat gaz modda molekulalari son kamayadigan tarafga ya’ni ammiak hosil bo’lishi tarafga siljiydi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura va bosim (gazlardagi reaksiyalarda) o'zgarganda kimyoviy muvozanatning siljish yo'nalishi umumiy qoida bilan aniqlanadi, bu qoida siljuvchan muvozanat prinsipi yoki Le Shatelye prinsipi deyiladi: agar muvozanatdagi sistemaga biror tashqi ta’sir o‘tkaziIsa (konsentrasiya, temperatura, bosim o‘zgartirilsa) u ikki qarama- qarshi reaksiyadan shu ta’sirni kamaytiradigan reaksiyaning borishiga yordam beradi. Agar tashqi ta’sir azot yoki vodorod konsentratsiyasini ortti- rishdan iborat bo'lsa, u holda bu ta’sir shu moddalarning konsen tratsiyasini kamaytiradigan reaksiyaga yordam beradi va, binobarin, muvozanat ammiak hosil bo'lish tomoniga siljiydi. Ammiak konsentratsiyasining ko'payishi muvozanatni boshlang'ich mod dalar tomoniga siljitadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling