1. Kirish Asosiy bo’lim. I bob. Mustaqil ishning o`qitish usuli, o’quvchilarni tarbiyalashdagi ahamiyati va mustaqil ish turlari


II bob. Mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasi


Download 202.84 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi202.84 Kb.
#1564371
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi

II bob. Mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasi.
2.1. Sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va mazmuni.
Sinfdan tashqri ishlarning mаqsаdi: Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quv jarayonini mustahkamlash va o’quvchilarni fanlarga qiziqishini shakllantirish, darslarda faollashtirish, ma’naviy tarbiya berish, tasavvur va tafakkurni rivojlantirishga, shuningdek, sinfdan tashqari ishlarning mazmun va mohiyati teran va boy mazmunga ega bo’lib samarali bilim salohiyatiga ega bo’lish kasb hunarga qiziqtirishga ham xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari ishlarning vazifalari: bolalarda ijodkorlik tuyg’ularini rivojlantirish, biri bilan samimiy yaxshi munosabatda bo’lish , birini hurmat qilishga o’rgatish; bolalarda ijodiy faoliyatning turli qirralariga jalb etish; . sinfdan tashqari ishlar uchun ijodkorllik va muqobil shart sharoitlardan foydalanishga yo’naltirish; bolalarni bilim va ko’nikmalarini tizimini aniqlash; ta’lim – tarbiya jarayonida fanlardan o’zlashtirishi qiyintchilikka duch kelgan o’quvchilar bilan korretsion ishlar olib borish. bоshlаng'ich sinflаrdа informatika Elеmеntlаrigа оid dаstlаbki ko'nikmаlаrni shаkllаntirishgа qаrаtilgаn pеdаgоgik dаsturiy mаjmuаsini tayorlash.
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va amaliy ko'nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o'quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, mate matik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash.
Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1 sinfda o'tkazilgan ba'zi to'garak mashg'ulotlarining taxminiy rejalarini keltiramiz:
1 -mashg'ulot.
1. Rebuslarni o'ylab topish.
2. Qo'shishga oid qiziqarli masalalar.
3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar.
4. Topqirlikni talab qiladigan masalalar.
5. Hazil masala.
6. Topishmoqlar.
7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o'yini.
2 -mashg'ulot.
  • Rebuslarni o'ylab topish.
  • Topqirlikni talab qiluvchi she'riy masalalar.
  • Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar.
  • Hazil masala.
  • "Sonni to'ldir" o'yini. 3 -mashg'ulot. Dars tipidagi to'garak mashg'uloti.

  • Matematik olimpiadalar
    • Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng ko'lamda o'tkaziladigan va matematika o'rganishda o'quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir.
    • Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog'liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o'tkazish mumkin. Olimpiadani 4 sinfdan boshlab o'tkazib, g'oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o'quvchilar yig'ilishlarida rag'batlantiriladi.
    • Matematik gazeta va viktorinalar
    • Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o'z ichiga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib, qiziqtirish xarakterida bo'ladi.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta`kidlangan: siyosiy tuzumiing o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g`oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir.
Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg`or tajribalarga suyanib o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik-do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:
- sinfning boshlang`ich jamoasini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish.
- o’quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish.
- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish. - jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi: 1.O’qituvchi jamoa a`zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to’g`ri qo’ya bilish shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talab etiladi;
2.O’quvchilar jamoasidagi yetaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash;
3. Jamoa a`zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish; 4. Jamoada yangi an`ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish;
5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.

Download 202.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling