1. kirish asosiy reja klassik iqtisodiy maktab paydo bo„lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi


U.Pettining iqtisodiy ta‟limoti Uilyam Petti (1623–1687)


Download 59.55 Kb.
bet3/10
Sana28.03.2023
Hajmi59.55 Kb.
#1302902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK

2. U.Pettining iqtisodiy ta‟limoti
Uilyam Petti (1623–1687)
Angliya klassik
siyosiy iqtisodining asoschisi sanaladi. K.Marks
Uilyam Petti (1623–1687) so‗zi bilan aytganda, U.Petti-«Siyosiy iqtisodning
otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuksak
bilim sohibi odam bo‗lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida
hunarmand-matochi oilasida tug‗ildi. O‗n to‗rt yoshida ota kasbini
egallashdan voz kechgan U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada
yollanma dengizchi (yunga) bo‗lib xizmat qiladi. Oradan bir yil o‗tgach,
taqdir taqozosi bilan oyog‗i lat egan U.Petti Fransiya hududidagi bir
qirg‗oqda qoldirib ketiladi. Bu notanish chet o‗lkalarda lotin tilini
bilganligi tufayli u Kan kollejiga qabul qilindi va tinglovchi sifatida
moddiy jihatdan ta‘minlandi. Kollej unga fransuz va grek tillarini,
matematika, astronomiyani o‗rganishga imkoniyat yaratib berdi. U.Petti
1640-yili kollejni bitirib, Londonga qaytib keldi. Keyinchalik, Oksford
universitetida tibbiyot sohasida tahsil oldi.
1650-yili 27 yoshida U.Petti fizika bo‗yicha doktorlik darajasini
oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo‗lib ishladi. U.Petti
iqtisodiy muammolarga bag‗ishlangan «Soliqlar va yig‗imlar to‗g‗risida
traktat» (1662-y), «Donishmandlarga so‗z» (1665-y), «Irlandiyaning
siyosiy anatomiyasi» (1672-y), «Siyosiy arifmetika» (1683-y) va boshqa
asarlarni yozdi. U.Petti dastlab, o‗z asarlarida merkantilistlarning ijobiy
savdo balansi g‗oyasini va sanoatni rag‗batlantirish maqsadida
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‗llab-quvvatladi. Ammo
U.Petti asta-sekin tadqiqot obyektini o‗zgartirdi va asosiy e‘tiborni
savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd
qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u
faqat taqsimlanadi.
Boylik va pul nazariyalari. Merkantilistlardan farqli ravishda,
U.Petti fikri bo‗yicha nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul
boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va
hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo‗yicha o‗z
fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat – boylikning
otasi, yer esa uning onasi»
degan iborani ishlatdi.
Mamlakat boyligini ko‗paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o‗rniga
pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‗lashga «qurbi yetmagan
o‗g‗rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni
tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda boylik, eng
avvalo, mehnat bilan yaratilishini
bildiradi, ya‘ni xo‗jalik hayotidagi
pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi.
U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash
bema‘ni narsa ekanligini ko‗rsatib o‗tadi. Davlatning bunday xattiharakati, uning fikricha mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish
bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o‗zini pulning miqdoriy
nazariyasi tarafdori ekanligini ko‗rsatdi va muomala uchun zarur
bo‗lgan pul miqdori to‗g‗risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish
etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki
tushunganligi aniq ko‗rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy
nazariyasi, haqiqatdan ham «pul o‗z-o‗zidan boylik mazmunini
anglatmasligini» ko‗rsatdi, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan
keyingi boshqa klassik iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so‗zi
bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e‘tiborni pulning
muomala vositasi sifatidagi vazifasiga qaratgan holda, tovar va pul
bozorlari o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning
qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funksiyasini inkor etdi. Shuning
uchun merkantilizmga nisbatan to‗g‗ri tanqidlari bilan birga U.Pettining
bu borada noto‗g‗ri tushunchalari ham bo‗lgan. Masalan, u savdo va
savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi
va
hatto, savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma‘qulladi.
U.Petti savdogarlarni davlatning «qonini» taqsimlash bilan
shug‗ullanuvchi «o‗yinchilar»ga o‗xshatadi. U «qon» deganda qishloq
xo‗jaligi va sanoat mahsulotlarini nazarda tutadi.

Download 59.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling