1. kirish asosiy reja klassik iqtisodiy maktab paydo bo„lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi
Download 59.55 Kb.
|
ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransua Kene (1694–1774)
- «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar»
Fiziokratlar (lot. – tabiat, hukmronlik) – XVIII asrdagi fransuz
iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‗tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hol emas edi. O‗sha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan bo‗lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo‗jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xo‗jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi, deb hisobladilar. Ularning fikricha boylik faqat qishloq xo‗jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko‗ra fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib o‗tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos yaratdilar. Fransua Kene (1694–1774) fiziokratlar maktabining asoschisi hisoblanadi. F.Kene har tomonlama bilimli olim bo‗lib, Versal yaqinida kambag‗al dehqon oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan tibbiyotga qiziqdi va bu sohada ta‘lim oldi. Keyinchalik tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. 1752-yilda Qirol Lyudovik XV saroyida tabiblik qildi. Tibbiyot va biologiyaga oid ko‗pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodiyot muammolari bilan oltmish yoshidan boshlab bevosita shug‗ullana boshladi. Shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g‗oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. U umrining oxirigacha o‗sha yerda yashadi va ijod qildi. F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy maqolalari Didro va D.Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus» da e‘lon qilindi. 1758-yilda uning asosiy asari «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. F.Kene nafaqat fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va siyosiy dasturini ham shakllantirdi. Uning fiziokratik g‗oyalarini keyinchalik A.Tyurgo va boshqa bir qator fransuz iqtisodchilari davom ettirdilar va targ‗ib qildilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o‗sha davr tili bilan aytganda «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60- 70-yillariga to‗g‗ri keladi. O„rganish metodi. F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining metodologik maslagi (platformasi) ni uning tomonidan ishlab chiqilgan tabiiy tartib to„g„risidagi konsepsiya tashkil etadi. Uningcha mazkur konsepsiyaning huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to‗g‗ri taqsimlashni ta‘minlovchi davlatning moddiy va ma‘naviy qonunlari hisoblanadi. F.Kenening yozishicha tabiiy tartibning mohiyati shundaki, bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan bo„lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan Download 59.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling