1. kirish asosiy reja klassik iqtisodiy maktab paydo bo„lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi


Download 59.55 Kb.
bet6/10
Sana28.03.2023
Hajmi59.55 Kb.
#1302902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK

4. Fiziokratlar
Adam Smit Fransiyaga sayohat qilganida u fiziokratlar, deb
atalgan bir guruh Fransuz yozuvchilaridan ta‘sirlangan. Ular iqtisodiyot
sohalarining bir-biriga bog‗liqligini yaxshi tushunishgan va nazorat
qilinmagan bozorlar ishlash mexanizmini tahlil qilishgan.
Merkantilizm XVIII asrda Fransiyada keng tarqalgan bo‗lsa ham
1750-yillarga kelib yangi fiziokratlar harakati boshlandi, lekin u uzoqqa
cho‗zilmadi. U iqtisodiyotni tushunishda ber necha tahliliy tushunchalar
berganligi sababli uning keyingi g‗oyalarining shakllanishida ahamiyatli
rol o‗ynadi. Iqtisodiy ta‘limotlar olimlari ko‗pincha har xil g‗oyalarni
ularning birgina oxshash taraflarini hisobga olib bir maktab sifatida
tavsiflaydilar. Shunday bo‗lsada, fiziokratlar ayrim muammolar
bo‗yicha hayratlanarli tarzda izchil qarashlarni namoyon etganlar.
Buning uch sababi mavjud.
1. Fiziokratizm faqatgina Fransiyada yuzaga kelgan.
2. Fiziokrtlar g‗oyalari nisbatan qisqa, 1750-yildan 1780-yilgacha
bo‗lgan davrda taqdim etilgan (fiziokratlar g‗oyalari 1750-yildan oldin
va 1780-yildan keyin hech kim bilmagan, deyiladi).
3. Fiziokratlarning tanilgan boshlig‗i Fransua Kene (1694-
1774)ning g‗oyalari o‗zining izdoshlari tomonidan so‗zsiz qabul qilinar,
bu izdoshlarining ishlari asosan boshqalarni Kenening nazariyasiga
ishontirish maqsadida yozilgan edi.13
Tableau Economique – Iqtisodiyot jadvali jamiyatning uch
sohasini: fermerlar, yer egalari hamda hunarmand va xizmatkorlarni
asosiy qilib ko‗rsatadi. Hunarmandlardan boshqa sektorlar, tashqi savdo,
davlat sektori yoki manufaktura keltirilmagan. Fiziokratlar tahlili
iqtisodiy davr boshidagi yer egalarida qolgan 2000 livrlik sof
mahsulotdan boshlanadi (livr frankdan oldingi Fransiya pul birligi). Sof
mahsulot yer egasiga oldingi davr faoliyati uchun yer rentasi sifatida
berilgan edi. Fiziokratlar faqat yer uning ishlab chiqarish xarajatidan
ko‗ra ko‗proq mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, deb qabul qilishadi;
jadvalda bu unumdorlik 100 foiz, deb qabul qilingan. Masalan,
hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar qiymati unga ishlatilgan
ishlab chiqarish omillariga to‗lanadigan qiymat bilan teng bo‗ladi.
Faqatgina yerning mahsuloti unga ketadigan xarajatdan ko‗proq bo‗ladi.
Jadvalda qishloq xo‗jaligiga qilingan 2000 livrlik investitsiya 2000
livrlik ortiqcha mahsulot yaratadi, bu esa yer egasiga renta sifatida
to‗lanadi.
Iqtisodiy jadval makroiqtisodiy sohalarning o‗zaro aloqalarining
kuchli, ijodiy tushunchasini juda sodda ifodalab beradi.
Fiziokratlarning iqtisodiyotning o‗zaro bog‗liqligi haqidagi
qarashlari makro iqtisodiyotga oiddir. Ular Adam Smit singari
mikroiqtisod darajada iqtisodning o‗zaro bog‗liqligi haqidagi nazariyani
rivojlantirishga kam harakat qilganlar.
Fiziokratlar Kenening ―Iqtisodiy jadvali‖ni o‗zlarining asosiy
nazariy yutuqlari, deb hisoblashadi. Ular nafaqat iqtisodning turli
sektorlari o‗rtasidagi aloqalarni nazariy o‗rganishgan, balki ularning
hajmini o‗lchashga harakat qilishgan. Bu darajada Nobel Mukofoti
laureati Vasiliy Leontevning 1930-yilda xarajatla-natijalar jadvalini va
ekonometriklar, deb tanilgan maxsus iqtisodchilar guruhining
tadqiqotlarini bashorat qila olishgan. Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning
turli sektorlarining o‗zaro bog‗liqligini ko‗rsatib bergan. Ulardan
keyingi ba‘zi merkantilistlar ham bu o‗zaro bog‗liqlikni tan olishgan va
ularning birgalikdagi munosabatlari Adam Smitning bozor
iqtisodiyotining faoliyati haqidagi yanada batafsil qarashlariga asos
bo‗lgan.

Download 59.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling