1. kirish asosiy reja klassik iqtisodiy maktab paydo bo„lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi
Pyer Buagilberning iqtisodiy ta‟limoti
Download 59.55 Kb.
|
ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Fransiya holatining mufassal tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...»
- «Fransiyani qoralash»
3. Pyer Buagilberning iqtisodiy ta‟limoti
Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Pyer Buagilber (1646–1714) hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti kabi professional iqtisodchi-olim bo‗lgan emas. P.Buagilber xuddi otasiga o‗xshab huquqshunoslikdan ta‘lim oldi. 31 yoshida Normandiyada sudyalik lavozimini egalladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya‘ni deyarli umrining oxirigacha ishladi, faqat o‗limidan ikki oy oldin bu lavozimni katta o‗g‗liga topshirib ketdi. Jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P. Buagilberda mamlakatning iqtisodiy muammolarini bilishga, XVII asrning oxiri, XVIII asrning boshidagi Fransiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi sabablarini aniqlashga bo‗lgan qiziqish uyg‗otdi. U o‗zining birinchi islohotlar to‗g‗risidagi mulohazalarini (merkantilistlarga qarshi) 50 yoshida yozgan «Fransiya holatining mufassal tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...» asarida e‘lon qildi. P.Buagilber bu asarida merkantilizm iqtisodiy siyosatini qattiq tanqid qildi. Bu siyosatning boshida o‗sha davrdagi Lyudovik X I V qirolligida moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U Fransiya tovarlari eksportini rag‗batlantirishni, Fransiyaga keladigan import tovarlarni esa cheklashni, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga yuqori soliq belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab chiqarishiga hamda bir butun milliy iqtisodiyotga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Iqtisodiyotdagi salbiy holatlarni bartaraf etish yo‗llarini aniqlash P.Buagilberning keyingi, XVIII asrning boshida chop etilgan asarlarining ham asosiy vazifasi hisoblanadi. Ularda P.Buagilber merkantilizmni tanqid qilishni davom ettirdi, islohotlar zarurligini asoslab berdi, iqtisodiy o‗sishning va davlat boyligining asosi, deb bilgan qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida e‘tibor qaratdi. Bunday qarash Fransiya iqtisodiy qarashlarida XVIII asrning yarmigacha saqlanib qoldi. Chunki o‗sha davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining hal qiluvchi mavqeyini targ‗ibot qiluvchi fiziokratizm ancha kuchaygan edi. 1707-yili P.Buagilberning «Fransiyani qoralash» asari chop etildi. Unda Fransiyaning kambag‗allik holati ko‗rsatildi, merkantilistik siyosat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o‗tkazish to‗g‗risida yangi g‗oyalar ilgari surildi. Biroq ular o‗zi ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari tomonidan ham e‘tiborga olinmadi, qo‗llab-quvvatlanmadi. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Fransiyada bozor munosabatlarining shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo‗ldi. Aynan uning asarlari merkantilistik g‗oyalarning batamom obro‗sizlanishi va Fransuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi uchun nazariy-metodologik asos bo‗lib xizmat qildi. U Pettidan farqli o‗laroq, mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va ne‘matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi. Nazariy qoidalarning o„ziga xosligi. P.Buagilberning muhim yutug‗i, U.Pettiga o‗xshab qiymatning mehnat nazariyasini «asoslab» berishi hisoblanadi. Bunda u bozorda tovarlar o‗rtasidagi almashuv nisbatlari mexanizmini sarflangan mehnat miqdori yoki ish vaqtini hisobga olgan holda tahlil qiladi. Bu konsepsiya nomukammal bo‗lishiga qaramasdan (uning asosida sarfli prinsip yotadi) o‗z davri uchun progressiv hisoblanadi, negaki merkantilistlarning bahoning shakllanishida pulning tabiiy roli to‗g‗risidagi konsepsiyasidan keskin farq qiladi. P.Buagilber merkantilizmni ko‗p jihatdan to‗g‗ri tanqid qilish bilan
111
bekor qilish mumkin va zarur, deb hisoblagan yagona iqtisodchi hisoblanadi, uningcha pul tovarlarning «haqiqiy qiymatlari» bo‗yicha ayirboshlanishini buzadi. Birinchi Fransuz klassigining fikri bo‗yicha iqtisodiyotdagi asosiy soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi hisoblanadi. P.Buagilber o‗z asarlarida iqtisodiyotning «tabiiy» qonunlari to‗g‗risida qayd qilib o‗tadi. Davlat yuqori soliqlarni joriy etish yoki proteksionizm siyosatini qo‗llash bilan ularga xalaqit bermasligini tavsiya etadi. Download 59.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling