1. kirish asosiy reja klassik iqtisodiy maktab paydo bo„lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi
Download 59.55 Kb.
|
ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK
Fransua Kene (1694–1774)
sharoitda bo‗ladi. Ana shunda dunyo o‗z-o‗zidan harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo‗shilib qonunning o‗zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o‗tkazishi va o‗taketgan beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin. U yuqori davlat hokimiyati davlat boshqaruvini amalga oshirish uchun zarur bo„lgan – tabiiy tartib – qonunlarini yaxshi biladigan, o„qimishli bir shaxs qo„lida bo„lishini maqsadga muvofiq, deb hisoblagan. Sof mahsulot to„g„risidagi ta‟limot. F.Kenening nazariy merosida uning sof mahsulot (hozir uni milliy daromad deb atashadi) to„g„risidagi ta‟limoti muhim o„rin egallaydi. Uning fikriga ko‗ra, sof mahsulotning manbayi yer va unga sarflangan qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida band bo‗lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof mahsulot) ko‗payishi qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‗liq bo‗lgan «yer in‘omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas, balki qishloq xo‗jaligini rag‗batlantirish to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilishi kerak. F.Kene: «Dehqonlar kambag„al bo„lsa, qirollik kambag„al bo„ladi, qirollik kambag„al bo„lsa qirol kambag„al bo„ladi», deb hukumatni ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki, savdogar va hunarmandlar qishloq xo‗jaligida yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga yetkazish va o‗zgartirish bilan shug‗ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat «unumsiz» hisoblanadi. U yerdagi tovarning o‗sgan qiymati faqatgina savdo va sanoat xarajatlarini qoplash vositalarini o‗z ichiga oladi, sof mahsulot esa bunda ko‗paymaydi. Keyinchalik, A.Smit fiziokratlarning sanoatning «unumsizligi» to‗g‗risidagi g‗oyasiga qarshi chiqadi va sanoatda ham boylik yaratilishini ko‗rsatib beradi. F.Kene merkantilistlarning ―boylik savdoda yaratiladi‖ degan tezisini tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovarlarning ayirboshlanishi ekvivalentli bo‗ladi, ya‘ni teng qiymatli tovarlar ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o‗sishi sodir bo‗lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo‗q boylik hisoblagan, unga faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga muvofiq, davlatning boyishi pul kapitalining o‗sishiga emas, balki qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining rivojlanishiga bog‗liq bo‗ladi. Sinflar nazariyasi. F.Kene o‗zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga asoslangan holda jamiyatni uch sinfga ajratib ko‗rsatadi: unumli sinf, unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi. Unumli sinf – bu sinfda qishloq xo‗jaligida ish bilan band bo‗lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar kiradi. Ular sof mahsulot yaratadilar. Unumsiz sinf bular hunarmandlar, ishchilar, savdogarlar, xizmatkorlar, to‗ralar, ya‘ni dehqonchilikdan boshqa sohada ish bilan band bo‗lgan kishilar. Ular faqat o‗zlarini ta‘minlaydilar, o‗z iste‘moliga qancha mahsulot kerak bo‗lsa, shuncha mahsulot yaratadilar. Ular jamiyat uchun foydali, ammo o‗zining ham, jamiyatning ham boyligini ko‗paytirmaydi, shu ma‘noda unumsizdir. Mulkdorlar sinfi yer egalari, unga qirol va ruhoniylar ham kiradi. Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki, ular o‗z paytida yerlarni o‗zlashtirgan, yerning unumdorligini oshirgan. Mulkdorlar tomonidan olinadigan daromad bu ularning oldin qilgan xarajatlari uchun in‘om. Albatta, jamiyatning sinflarga bunday bo‗linishi noto‗g‗ri. A.Smit fiziokratlarning bu boradagi qarashiga javoban kinoyali ravishda shunday deydi: ―Agar ularning mantig‗iga amal qilsak, unda faqat ikki farzand ko‗radigan har qanday nikohni unumsiz, deb tan olish kerak bo‗ladi‖. Download 59.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling