1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish


Fermentlarning hujayradagi moddalar almashinuvidagi o’rni. 19dan yoziladi


Download 274.67 Kb.
bet12/28
Sana12.11.2023
Hajmi274.67 Kb.
#1768821
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish-fayllar.org

22. Fermentlarning hujayradagi moddalar almashinuvidagi o’rni. 19dan yoziladi
23. Kofermentlar ularning klassifikatsiyasi. .KOFERMENTLAR [lot. so (cum) – birgalikda va fermentlar] , koenzimlar — baʼzi fermentlar tarkibiga kiradigan, oksil xossasiga ega boʻlmagan quyi molekulali organik moddalar. Kofermentlar apofermentlar bilan birikib, katalitik faol komplekslar hosil qiladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Kofermentlar alifatik, aromatik, geterotsiklik va turli organik moddalarga xos; koʻpchilik Kofermentlar vitaminlar (V,, V2, V6, RR va b.) va nukleotidlarning hosilalaridir. Kofermentlar hayvon va oʻsimlik organizmlari hujayralarida, mikroorganizmlarda bor. Nikotinamidadenindinukleotid (NAD), nikotinamidadenindinukleotidfosfat (NADF), tiaminpirofosfat (TPF), flavina-denindinukleotid (FAD), koenzim A (KoA), lipoid kislota, adenozintrifosfat kislota (ATF) va b. tabiatda eng koʻp tarqalgan Kofermentlar dir Kofermentlar preparatlari (ATF, TPF, FAD)dan tibbiyotda foydalaniladi.
24. Nuklein kislotalar: kimyoviy tarkibi va ahamiyati. Nuklein kislotalar barcha tirik hujayralarda bir xil funksiyani bajaradi, ya'ni genetik informatsiyani saqlash, nasldan – naslga uzatish va uni amalga oshirishni ta'minlaydi. DNK molekulasi genetik informatsiyani nukleotidlarning ketma -ketligi shaklida saqlaydi, RNKning turli xillari uni oqsillar biosintezi jarayonida amalga oshiradi.Nuklein kislotalarning yuqori molekulali makrobiopolimerlar bo’lib, ularning molekulalari 4 xil nukleotidlardan tuzilgan bo’lib, ular o’z navbatida tarkiblarida 3 xilkomponentni – azotasoslari, uglevod komponenti – pentoza va fosforkislotasining qoldig’ini tutadi.Nukleotidlarning tarkibiga qaysi bir uglevod kirganiga qarab nuklein kislotalar ikki katta guruhga bo’linadi: dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) va ribonuklein kislotalar (RNK). DNK tarkibida uglevod komponenti sifatida – dezoksiriboza, RNKda esa – riboza hizmat qiladi. Ribonuklein kislotalar o’z navbatida bajaradigan funksiyalariga qarab 3 guruhga – transport RNK (tRNK), information RNK (iRNK) va ribosomal (rRNK)larga bo’linadi.Har bir tirik organizmda nuklein kislotalarining har ikki turi — ribonuklein kislota(RNK)va dezoksiribonuklein kislota(DNK)mavjud. Fakat viruslargina bularning bir turini (DNK yoki RNK ni)tutadi. Nuklein kislotalar va oksillar hayotning material asosini tashkil kiladilar.Ular o'zaro uzviy bog’lik, ammo ularning hujayradagi o'rni va funksiyasi principial fark kiladi:¢ oksillar asosan qurilish va hujayraning ishchi organlari materiali; nuklein kislota esa informacion material,u organizmning tuzilishi,o'sishi,rivojlanishiga tegishli informatsiyaning saqlanishi,takrorlanishi,almashinuvi va avloddan avlodga ko'chirilishini ta'minlaydi.

Download 274.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling