1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish


Oqsillarning shakli, eruvchanligi, tarkibiga ko’ra sinflarga bo’linishi


Download 1.68 Mb.
bet9/28
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1127471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish

16. Oqsillarning shakli, eruvchanligi, tarkibiga ko’ra sinflarga bo’linishi.Oqsillar o’zlarining kimyoviy tarkibi bo’yicha - o d d i y (proteinlar) va m u r a k k a b(proteidlar) oqsillarga bo’linadi Oddiyoqsillaro’ziningtarkibidafaqataminokislotalarqoldiqlarinitutadi. Ularga protaminlar, gistonlar, albuminlar, globulinlar, prolaminlar va glyutelinlar kiradi.Protaminlar va gistonlar - yadroda joylashgan, kuchli ishqorli, molekulyar massalari uncha katta emas (5000 - 20 000 Da) va bajaradigan funksiyalari bo’yicha nuklein kislotalari bilan bog’langan. Albuminlar – oqsillarning keng tarqalgan guruhi, suvda va NaCl va NaSO4 eritmalarida yaxshi eriydi, (NH4) 2SO4 ning to’yingan eritmalarida erimaydi, qon zardobining oqsillarini 65 –62 % ni tashkil qiladi. Molekulyar massasi 35000-70000 Da atrofida. Ularning asosiy vakillari -tuxum albumini, qon zardobi va sut albuminlari, mioalbuminlardir.Globulinlar – suvda erimaydigan, lekin neytral tuzlar, ishqorlar va kislotalarda eriydigan oqsillar. Molekulyar massalari 90000-150000 Da atrofida bo’ladi. Ular barcha hayvon va o’simlik to’qimalarida (qon plazmasi, sut zardobi, muskullarda (aktin) bo’ladi.Prolaminlar va glyutelinlar – o’simlik oqsillari guruhi, etanolning 60-80% li suvli eritmasida eriydi (barcha boshqa oqsillar bunday sharoitda cho’kmaga tushadi). Ularning miqdori ayniqsa boshoqdoshlarning va makkajo’horining donlari (urug’lari)da ko’p. Ulardan yaxshi o’rganilganlari - glyutenin va gliadin (bug’doydan), gordein (arpadan), orizenin (guruchdan), zein (makkajuhoridan), bularning hammasi ozuqa mahsulotlari tarkibiga kiradi.Murakkaboqsillarningmolekulalarioqsilqismdan(aminokislotalardan) vaoqsilbo’lmagan(boshqabirikmalardan) - prostetikguruhdantuzilgan. Prostetik guruhlarining kimyoviy tabiatiga ko’ra murakkab oqsillarni bir necha sinfchalarga bo’linadi: xromoproteidlar, nukleoproteidlar, lipoproteidlar, glikoproteidlar, fosfoporoteidlar, metalloproteidlar(13-rasm).Xromoproteidlar – bo’yalgan oqsillar, ularga rangli oqsil qismga birikkan turli organik birikmalar beradi. Xromoproteidlar prostetik guruhi sifatida temirli birikma porfirinni (gemoproteidlar) va izoallaksazinni (flavoproteidlar) tutadi.Gemoproteidlarga qonning gemoglobini, muskul tolasi hujayrasidagi - mioglobin, o’simliklardagi xlorofil (magniy-porfirin) va boshqalar kiradi. Flavoproteidlar - prostetik guruh sifatida B2 vitaminining hosilalari FMN va FADni tutadi. Nafas olish zanjiri fermentlarining tarkibiga kiradigan flavoproteidlar organizmda muhim vazifalarni bajaradi.Nukleoproteidlar– tarkibida nuklein kislotalarni - RNK (ribonukleoproteidlar) va DNK (dezoksiribonukleoproteidlar)ni tutadi. Bularga xromosomalar, ribosomalar, viruslar misol bo’la oladi.Lipoproteidlar – murakkab oqsillar, prostetik guruhi sifatida lipidlarni tutadi. Ularning tarkibida neytral yog’lar, yog’ kislotalari, fosfolipidlar, xolesterinning efirlari bo’ladi. Lipoproteidlar hujayra membranalari va organoidlari hamda nerv qobiqlari tarkibiga kiradi. Qon zardobida ular lipidlarni tashish vazifasini bajaradi.Fosfoproteidlar– aminokislotalardan tashqari fosfor kislotasini ham tutadi (≈ 1% gacha), serin va treoninlarning gidroksil guruhi bilan bog’langan bo’ladi. Ular yosh o’sayotgan organizmlar uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi va sutda (kazein), tuxumda (ovalbumin, vitellin) ko’p miqdorda bo’ladi.Glikoproteidlar– tarkiblarida uglevodlarni yoki ularning hosilalarini - mannoza, galaktoza, geksozaminlar, glyukuron kislotasi va boshqalarni tutadi. Metalproteidlar – tarkiblarida bir yoki bir necha metal ionlarini tutadi. Bunday oqsillarga gemi yo’q temir tutgan oqsillar (ferritin), hamda tarkibida metal atomi bo’lgan murakkab oqsillar – fermentlar kiradi. Bularda ko’pincha kalsiy, magniy, marganets, rux, mis va boshqa metallarning ionlari bo’ladi. Ularning ko’pchiligi fermentlarni tarkibiga kiradi.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling