1. kirish nazariy materiallar reja


Tok novdalarining uchini chilpish


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Tok novdalarining uchini chilpish. Tokning ayrim navlarining guli juda ko‘p 
to‘kilib ketib, natijada uzum boshlari siyrak va engil bo‘lib pishadi. Ayniqsa, iqlim 
sharoiti noqulay kelgan yillari ana shunday holat ro‘y beradi. Tok gullashi davrida 
novdalari kuchli o‘sib, ko‘p oziq modd alari o‘zlashtiriladi. Shuning uchun hosil 
beruvchi novdalarning uchiga oziq moddalar to‘liq bormaydi. Novdalarning o‘sishi 
uchun oziq moddalarning sarflanishini kamaytir ish maqsadida ularning uchi chilpib 
tashlanadi, ya’ni uchki 1,5–2 sm qismi sindirib, olib tashlanadi. Shunda novdalar 
bo‘yiga o‘sishdan to‘xtaydi va ko‘plab oziq moddalar to‘pgullarga oqib keladi. Tok 
novdalarining uchi bevosita gullashi oldidan yoki gullay boshlaganda chilpiladi
natijada hosili 15–20% oshadi.
Tok novdalarin chekanka qilish. Bunda tok novdalarining simbag‘azning 
yuqorigi simidan osilib tushgan uchki qismi kesib tashlanadi. O‘zbekistonda novdalar 
avgustning birinchi yarmida chekanka qilinadi. Chekanka qilish natijasida tok tuplari 
yorug‘lik va havodan yaxshi foydalanadi va novdalar yaxshi pishadi. Juda qalin o‘sib 
ketgan tuplarni chekanka qilish kerakligi, ko‘p yillik tajribalardan ma’lum. Agar tok 
simbag‘azga ko‘tarib o‘stirilayotgan bo‘lsa, novdalari eng yuqorigi simdan 30 sm 
balanddan kesiladi. 
Tok barglarini siyraklashtirish. Bu ish uzum g‘ujumlari pishgan vaqtda uzum 
shingillariga yorug‘lik yaxshi tushishi va ular orasiga havo yaxshi kirishi hamda ular 
yaxshi rang olishi uchun amalga oshiriladi. Barglarini, ko‘p emas, faqat uzum 
boshlaridan pastdagilarini yoki ularni soyalab qo‘yganlarini yulib tashlash kerak. 
Barglari ko‘p yulib tashlansa, uzum boshlarini oftob urushi mumkin. 
 
Yer toki 
Yer toki– simbag‘azsiz. 
O‘zbekistondagi tokzor maydonlarining asosiy qismini yer toki tashkil qiladi. 
Tuproq unumdorligi o‘rtacha bo‘lganligi sababli tokda kuchli o‘sish kutilmasligi 
(novdalarning o‘sishi 70–80 sm bo‘lganda o‘sishdan to‘xtaydi), suv tanqisligi (kichik 


19 
hajmdagi tok kam suv talab etadi) hamda simbag‘az o‘rnatishga moddiy imkoniyatlar 
chegaralanganligi (ustun, sim) yer tokining keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Yer 
tokini tashkil qilish va o‘stirish ko‘p mablag‘ talab etmaydi. 
Shu bilan birga bu usul bir qator kamchiliklarga ham ega. Kesish, xomtok qilish, 
qator oralarini yumshatish, yon ildizlarini chekanka qilish, o‘g‘itlash, begona o‘t va 
zararkunundalarga qarshi mexanik va kimyoviy vositalar bilan kurashish ishlarini 
amalga oshirish qiyinligi hamda mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyati amalda 
yo‘qligi yer tokining asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi. Bundan tashqari, bu 
usuldagi tokzor kasallikka tez chalinadi hamda bunday maydondan hosilni yig‘ishtirib 
olish murakkab bo‘ladi. Natijada, yalpi hosilning kamayishi va mahsulot tannarxining 
ortishiga sabab bo‘ladi.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling