1. kirish nazariy materiallar reja
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
Tik simbag‘az
Simbag‘azni yasash uchun dastavval qator chetlariga ustunlar o‘rnatiladi va ularning kesimi oraliq ustunlar kesimidan kattaroq bo‘lishi kerak. Uch metr uzunlikdagi oraliq ustunlar tokzor qatori bo‘ylab bir-biridan 8m masofada o‘rnatiladi. Chetki ustunlar oxirgi tupdan tuplar orasidagi masofaning yarmiga teng masofada o‘rnatiladi va ular qator ichidan temir-beton tirgak bilan yoki tashqi tomondan langar qo‘yib mahkamlanadi. Tortiladigan simlarning miqdori tupning o‘sish kuchiga bog‘liq va sug‘oriladigan tokzorlarda to‘rt-besh, lalmikor yerlardagi tokzorlarda uch-to‘rt qator bo‘lishi mumkin. Simbag‘azni o‘rnatish uchun 2,5–3,0 mm li ruxlangan simdan foydalaniladi. Simbag‘azga materiallar sarfi tokzorlarga sarflanadigan materiallar miqdorida berilgan. Pastki qatordagi birinchi sim er yuzasidan 50–60 sm balandlikda, ikkinchi va keyingilari bir-biridan 40–50 sm masofada tortiladi. Simbag‘azlarga ko‘tarib o‘stirilgan toklarni ko‘mish, ochish, qator oralarini mexanizatsiya yordamida ishlash juda oson bo‘ladi. Tok yerda o‘stirilganda uning zang va novdalari tagiga 50–60sm uzunlikda bir necha tirgovuchlar qo‘yiladi. Shunday qilinganda novdalar va uzum boshlari quyosh nuridan, shamoldan va oziq moddalardan yaxshi foydalanadi, natijada uzum g‘ujumlarida shakar ko‘p to‘planadi, uzum boshlari rangdor bo‘lib novdalari chiniqib pishadi. Yerda o‘stirilgan tok qator oralarini mexanizaiya yordamida ishlash qiyin bo‘ladi, tokzor sug‘orilganda yerga tegib turgan uzum boshlari chiriydi, xomtok qilish va gullarning changlanishi hamda hosilni terib olish ham ancha qiyinlashadi. Bundan tashqari yerda o‘stirilgan toklar bahorda bo‘ladigan qora sovuqlar ta’sirida ko‘pincha qattiq shikastlanadi. Shuning uchun chetki ustunlarning ich tomoniga qatorlarga to‘g‘ri qilib uzunligi 1– 1,5 m keladigan temir-beton yoki yog‘ochdan tayyorlangan tirgovuch qo‘yiladi. Ustunlar tok ochishga qadar kuz-qishda va bahorda o‘rnatilgani ma’qul. Chunki bu davrda tuproq sernam bo‘lgani uchun ustun ko‘miladigan yerni qazish oson bo‘ladi. Chetdagi ustunlar 80–90 sm, oraliq ustunlar esa 60–65 sm chuqurlikka ko‘miladi. Simbag‘azlarni qator qilib tortish uchun ustunlarning bir tomoniga bir xil oraliqda ilgakli simlar o‘rnatiladi. Ustunlarni o‘rnatishda tok ildizlarining shikastlani-shiga juda ehtiyot bo‘lish zarur, binobarin ularni tok tupidan 25–30 sm nariroq qo‘yish lozim. Simbag‘azlarga tortiladigan simlar zanglamaydigan, ya’ni sirtiga rux yuritilgan bo‘lishi kerak. Novdalar 50–60 sm uzunlikka etganda birinchi xomtok qilinadi, yosh novdalar ikkinchi, ba’zan uchinchi simga bog‘lanadi. Ko‘k novdalarning o‘sishiga va joylashishiga qarab ular ikkinchi marta uchinchi yoki to‘rtinchi simbag‘azga, kuchli o‘sgan toklarda esa ko‘k novdalar zarur bo‘lsa, yozda uchinchi marta simbag‘azlarga bog‘lanadi. Ko‘k novdalarni simbag‘azlarga bir nechtasini to‘p qilib bog‘lash aslo mumkin emas. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling