1. kirish nazariy materiallar reja
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
Nazorat savollari.
1. Tokning o‘sishi va rivojlanishiga tashqi muhitning ta’siri qanday ? 2. Tokning tuzilishi va rivojlanishi xaqida ma’lumot bering? 3. Tokzor maydonini tayyorlash, tuproqqa ishlov tartibini tushuntiring. 4. Nima sababdan tokzor atrofida ihota daraxtzorlar barpo qilish kerak? Reja 1. Yosh tokzorlarni parvarishlash 2. Hosilli tokzorlarni parvarishlash 3. Tok tupiga shakl berish, kesish va xomtok qilish Yosh tokzorlarni parvarishlash. Ko‘chatlarning tutishi va rivojlanishi, ularning mevaga kirishi, bo‘lajak hosil va uning sifati yosh tokzorni parva- rishlashga bog‘liq. Qatqaloq paydo bo‘lishiga, begona o‘tlarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Tok ko‘chatlari o‘tqazilgach dastlabki yilda ularning ildiz tizimi uncha yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli tokzorni tez-tez sug‘orib turish lozim, bunda tuproq kamida bir metr chuqurlikda namlanishi kerak. Ko‘chatlar o‘tqazilgandan so‘ng birinchi sug‘orish, keyingilari–aprel, may, iyun va avgustda bir martadan o‘tkaziladi. Bundan tashqari, noyabrdan martgacha bir-ikki marta yaxob suvi beriladi. Sizot suvlar yuza joylashgan yerlarda ko‘pi bilan 3-4, shag‘alli yerlarda 1,5-2,0 marta ko‘proq, vegetatsiya sug‘orishlari o‘tqaziladi. Har bir sug‘orishdan 2–3 kun o‘tgach, qator oralaridagi tuproq kultivatorlar yordamida yumshatiladi. Yerdan va suvdan unumli foydalanish uchun tokzor qator oralariga dastlabki ikki yilda sabzavot, poliz ekinlari, ertagi kartoshka va boshqa (baland bo‘yli o‘simliklardan tashqari) ekinlar ekiladi. Bu ekinlarni tokzor qatoridan kamida 50 sm masofada joylashtirish zarur. Ko‘chatlar o‘tqazilgan yili tok barglarining rangi o‘zgarishidan (avgust- sentyabr) va to‘kilishidan oldin navlar aralashganligini aniqlash uchun ular belgilanadi (aprobatsiya qilinadi) va o‘rniga shu asosiy nav ko‘chatlari oktyabrda yoki erta bahorda ekiladi. Tutmagan ko‘chatlar o‘rni ham to‘ldiriladi. Toklar o‘tqazilgan yili kesmasdan qo‘lda ko‘miladi. Bahorda kurtaklar bo‘rtmasdan oldin tuplar ochiladi. Dastlabki yillar toklar bahorda kesiladi. Tokzorlar ikkinchi yili birinchi yildagidek, uchinchi yili hosilga Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling