1. kirish nazariy materiallar reja


Karbofos (10 l suvga 30g) yoki tamaki qaynatmasidan ham foydalansa bo‘ladi.  Tok kanasi


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Karbofos (10 l suvga 30g) yoki tamaki qaynatmasidan ham foydalansa bo‘ladi. 
Tok kanasi. Toklar o‘stiriladigan hamma 
joylarda tarqalgan bo‘lib, tok barglarini, 
kamroq 
hollarda 
shingillarini 
shikastlantiradi. Shikastlangan barglarning 
ustki tomonida g‘udda (shish) hosil bo‘ladi, 
pastki tomonida esa shikastlangan joylarida 
chuqurchalar 
paydo 
bo‘ladi
ularning 
ichidagi to‘qimalar o‘sib namatsimon g‘ubor 
hosil qiladi. Dastlabki oqish bo‘lgan bu 
g‘ubor vaqt o‘tishi bilan sarg‘ish-qo‘ng‘ir 
tusga kiradi. Kuzda, uzum pishib bo‘lgandan 
keyin kanalar qishlab chiqadigan joylarga yashirinadi. 
Kurash choralari. Tok kanasiga qarshi kurashish zarurati tug‘ilsa Pilarmektin 
gektariga 0,2–0,25 l miqdorda yoki Dimetoat preparatlarini qo‘llash mumkin. 
Kravchik (Xumbosh). Bu qo‘ngiz sersuv o‘simliklar, shu jumladan tokning 
ko‘klamgi barra novdalari bilan oziqlanadi. 
Bitta qo‘ng‘iz 4 tadan 12 tagacha ko‘k novdani qirqib tashlaydi. Tog‘li va 
tog‘oldi tokchilik mintaqalarida zararkunanda ancha tarqalgan. Kravchikning zararlik 
davri 15–20 kun bo‘lgan bahorgi turi tok tupi uchun eng havfli hisoblanadi. U keng 
tarqalgan joylarda hosildorlik 60–70% gacha pasayib ketishi mumkin. 
Kurash choralari. Erta bahorda tok novdalari o‘z vaqtida ko‘tarib bog‘lanadi. 
Qo‘ng‘iz inlarini buzib tashlash maqsadida MPV–1(tokzorlar tuprog‘iga ishlov beruvchi 
bir qatorli mashina) yoki boshqa mexanizmlar yordamida tuplar oralig‘i tuprog‘iga 
ishlov beriladi. Yer bag‘irlatib o‘stirilgan tokzorlar va so‘riga ko‘tarilmagan yosh 
tokzorlar atrofidagi maydon dorilanadi. Bu ish dastlabki qo‘ng‘izlar qishlov joylaridan 
chiqqandan 3–4 kun o‘tgach (10m

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling