1. kirish nazariy materiallar reja


Quritishning oftobi usuli


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Quritishning oftobi usuli 
Bu usul uzum erta pishib etiladigan zonalarda qadimdan qo‘llanilib, mevaga
dastlabki ishlov berilmagan xolda o‘tkaziladi. Bu usulda asosan Qora kishmish navi 
quritiladi. Yog‘ingarchilik boshlangunga qadar qurimasligi sababli yirik donali uzum 
navlari oftobi usulida quritilmaydi. Har bir bosh uzum sortlariga ajratiladi va ishlov 
bermasdan, yupqa qilib, yog‘och patnoslarga yoki oldindan–somonloy bilan suvalgan 
quritish maydonlariga yoyiladi. 
Uzumning «Qora kishmish» navidan olingan mahsulot – shigani, «Oq kishmish» 
navidan olingan esa–bedona deb ataladi. Quritish 18–20 kun davom etadi, 22–25%
quritilgan mahsulot olinadi, namligi 18% ni tashkil qiladi. 
 
Uzumni plyonka ostida quritish 
Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan rayonlarda joylashgan xo‘jaliklarda uzumni jadal
quritish mavsumida yog‘in- sochin bo‘lib, xo‘jaliklar ko‘pincha zarar ko‘radi. Uzumni 


57 
plenka yopilgan palatalarda quritish usuli akademik R.R.Shreder nomidagi 
bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 
ishlab chiqilgan va si-nab ko‘rilgan bo‘lib, bu haqda quyida bayon qilinadi. 
Yarim ochiq palata quyidagi kattalikda bo‘ladi: eni – 4 m eng baland tepa qismi–
2m 40sm, yon devorlari balandligi 1,60 sm, bitta sektsiya uzunligi – 4 m. Palataning 
ikkala yon tomoniga patnislarni joylash uchun etajerkalar o‘rnatiladi. Patnislarni joylash 
uchun har qaysi etajerkalarda 10–12 tadan parallel pazlar mavjud. 
Etajerka kattaligi 60x90x160 sm. Har bir patnisga 60–80kg uzum ketadi. 
Palataning bitta sektsiyasiga 10 tagacha etajerka o‘rnatiladi va har qanday sektsiyada bir
yo‘la 0,6–0,8tonna xo‘l meva quritish mumkin. 
Palataning tepa qismi yarim ochiq, ya’ni egilgan yassi tomoni taxminan yarim 
ochiq holatda. Bunda ustki choklar ostki choklarni qoplab turadi va shu bilan birga 
mevalarni yog‘in-sochindan saqlaydi. Palataning yon devorlari yerdan 40 sm 
balandlikda plyonka bilan berkitiladi. 
Palata ichidagi harorat atrof-muhitdagi haroratga nisbatan 2–7
o
S yuqori bo‘ladi.
Palata loyihasi mevalarni quritish jarayonida paydo bo‘lgan bug‘larni chiqarib yuborish
bilan tabiiy havo almashishini ta’minlaydi etajerkalar orasidagi o‘tish masofasi (150
sm) kelgusida patnoslarni tashish ishlarini mexanizatsiyalashga imkoniyat yaratadi.


58 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling