56
sodaning qaynayotgan suvdagi aralashmasida ishlov beriladi (blanshirlash), uzum
sortlariga ajratilgandan keyin savatlarga 2–3kg dan
solinadi va kaustik soda
aralashtirilgan qaynayotgan qozonga tushiriladi. Suvga aralashtiriladigan kaustik soda
0,3–0,4%
ni tashkil qiladi, ishlov berish (uzum solingan savatni qozonda tutib turish)
vaqti 3–6 sekund davom etadi. Bunda uzum donasining yupqa po‘stida ingichka yoriqlar
paydo bo‘ladi va dona po‘sti ustidagi mo‘msimon g‘ubor yo‘qoladi. Bu donasidagi
namning tez bug‘lanishini ta’minlaydi va quritish protsessi tezlashadi.
Quritilgan
mahsulot ortadi.
Qozondan olingan uzumli savatlar, eritma oqib tushishi
uchun panjaralar ustiga
bir necha minut qo‘yiladi, so‘ngra patnoslarga yoki maydonga yoyiladi. Tayyor
kishmish tarkibida ishqor bo‘lmasligiga sabab, u meva po‘stining
yoriqlaridan kirgan
kislotalar bilan to‘la reaktsiyaga kirishib, yo‘qolib ketadi.
Ishqorning
kislotalar
bilan
reaktsiyaga
kirishishida
inson
organizmi uchun zararsiz bo‘lgan juda
oz
miqdorda
organik tuzlarning paydo
bo‘lishi kuzatiladi. Quritish uchun
yoyilgan uzumlar 3–4
kundan keyin
ag‘dariladi va tayyor bo‘lgunga qadar
quritiladi. Quritish 6–12
kun davom
etadi. Quritilgan mahsulot chiqishi 25–
26% ni tashkil qiladi.
Mahsulotning yog‘in-sochindan va ifloslanishdan ximoya qilinmasligi bu usulning
kamchiliklaridan biridir. Bundan tashqari och rangli uzum navlari bu usulda
quritilganda, ular tabiiy ko‘k rangni yo‘qotadi, tayyor mahsulot qorajigarrang tus oladi,
natijada sifati pasayadi va mahsulot birmuncha past baholarda sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: