1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

 
Nazorat savollari; 
1. Uzumni objush usulida quritish tartibini izohlang. 
2. Quritishning oftobi usulini tariflang. 
3. Uzumni plyonka ostida quritishni izohlang. 
4. Uzumni qator oralarida quritishni qulayligi. 
 
 
 
6-mavzu: DIFFUZIYA SHARBATINI TOZALASH JARAYONI 
 
Reja;
1. Uzumni sun’iy quritish usullari. 
2. SKO-90m konveer quritgichdan foydalanish. 
3. Shtabel quritish usuli. 
1. Uzumni sun’iy quritish usullari juda ko‘p bo‘lib, bular ichida PKS-80 quyosh nuri 
va elektr toki yordamida ishlaydigan E-500, gaz yoki suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan 
USD-2 rusumli sun’iy quritgichlar mavjud (1).
Ular Respublikamiz bog‘ va tokzorlarida maxsus ko‘rik va sinovdan o‘tkazilgan. 
Lekin bugungi kunda bunday sun’iy quritish apparatlarini ishlatish iqtisod tomonidan 
o‘zini oqlay olmaydi. Bular ichida eng zamonaviy shu kunning talablariga javob 
beradigan uzum mahsulotini sun’iy quritgichi SKO-90 m hisoblanadi (2). 
2. Akademik M.M.Mirzayev nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining 
Samarqand filiali va Ukraina fanlar akademiyasining olimlari bilan hamkorlikda uzumni 
7-mavzu: UZUMNI SUN’IY USULDA QURITISH. 
 
 
 
 
 


61 
SKO-90m konveer quritgich moslamasi ishlab chiqilgan. Bu quritgich soatiga 250.00 
kkal issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan to‘rtta isitish generatori mavjud bo‘lib, 
TG-2,5 A rusumli moslamadan issiqlik energiyasini oladi. 
Isitilgan havo ventilyator yordamida sekundiga 1,5 m tezligida quritish kamerasiga 
uzatiladi, kamera ichida beshta transportyor tasma mavjud. Dastlabki quritish davrida 
kamera harorati 90
0
S ga etkaziladi, so‘ng asta sekin harorat pasayib, 80-85
0
S va undan 
keyin esa 60
0
S ga tushurib quritiladi. 
Uzumni mazkur usulda quritish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Bunda 
uzum eng avval ochiq havoda, maydonda quritiladi va quritishning ikkinchi davrida esa, 
ya’ni quyosh faolligi pasaygan davrida oftobda so‘ligan uzumlar yig‘ib olingan 
quritgichda quritiladi. Uzumni ochiq havoda quritish natijasida yoqilg‘i sarfi kamayadi, 
quritgichlarning unumdorligi ortadi, ya’ni murakkab usulda quritilganda bir soatda 170 
kg quruq mahsulot tayyorlanadi. Ayni paytda bir soatda 40 kg yoqilg‘i sarflanadi va 
sifatli mahsulot 25-26 foizni tashkil etadi (2,3). 
3. Shtabel quritish usuli shundan iboratki, unda navlarga ajratilgan va tekshirilgan 
uzumlarning tusli va rangsiz bo‘lgan navlari 0,3-0,4 foizli qaynayotgan ishqor 
eritmasida 5-7 soniya davomida tutib turiladi yoki uzum g‘ujumlariga sulfidli kislota 
eritmasi bilan namli ishlov beriladi. So‘ng esa ularni yog‘och padnislarga yoyiladi. 
Bundan tashqari yana gazsimon oltingugurt angidrid bilan balon orqali yoki 
oltingugurt yoqish yo‘li bilan olinadigan gaz yordamida ham dudlanadi. Buning uchun 
bir kilogramm yangi uzilgan uzumga 0,5-0,8 g oltingugurt yoki 0,4-0,1 g oltingugurt 
angidridi sarflanadi. Och rangli uzumni dudlash vaqti 1,0-1,5 soat, och pushti rangdagi 
uzumlarni dudlash 30-40 daqiqa davom etadi (3). 
Mahsulot tarkibidagi oltingugurt miqdori me’yoriga muvofiq bo‘lishi kerak. 
quritilgan uzum tarkibida oltingugurt angidridni umumiy miqdori 0,01 foizdan 
oshmasligi kerak. Dudlash ishlari statsionar kameralarda o‘tkaziladi. Javon fanerdan 
tayyorlanadi. Uning hajmi 105x150x95 sm bo‘lgan past qismi ochiq quti. Yerga 12-14 ta 
padnis qo‘yiladi va quti bilan yopib, uning ostidagi padnislarning ostiga to‘rtburchak 
tunuka tovoqda yonayotgan oltingugurt qo‘yiladi. 
Katta xo‘jaliklarda hajmi 3,5x3,5 yoki 4x2,5 metr bo‘lgan xom g‘ishtdan qurilgan 
statsionar dudlash kameralari juda qulaydir. Eshiklar mahkam berkitiladigan bo‘lib, 
devori tuproq va tsement qorishmasi bilan suvoq qilinadi. Er sathlari sementlangan yoki 
loy bilan yaxshi zichlangan bo‘lishi kerak. Eshik qarshisiga cho‘yan plitali o‘choq 
qurilib, oltingugurt yoqiladi va quvur orqali kameraga yuboriladi. 
Bunday kameraga 200 dona padnis joylashtirish va mavsum davomida esa 100 
tonnadan ortiq uzumni sulfitlash mumkin. Shtabel usulida quritishdan oldin uzumni 
sulfitlash quritilgan uzumning jalb etadigan rangdor to‘liq ko‘rinishini saqlab qolishga, 
«S» vitaminning yaxshi saqlanshiga va tarkibidagi qand moddasi ham kam yo‘qotilgan 
holda, hamda mahsulotni qurt qumursqalardan va mikrorganizmlardan saqlashga 
yordam beradi (2,3). 
Padnislarda sulfitlangan uzumlar shiyponga 15-18 tadan taxlanadi. Har bir to‘p 
taxlab qo‘yilgan padnisga usti yana bir bo‘sh padnis bilan berkitiladi. Bu esa quritilgan 


62 
uzumlar bir xil oltin rangda bo‘lishini ta’minlaydi. 4-5 kundan keyin uzumlar ag‘dariladi 
va padnislar o‘rni (pastki padnis yuqoriga, yuqoridagi padnislar esa pastga) 
almashtiriladi. Birinchi qatordan 20-25 sm masofada ikkinchi qator taxlab chiqiladi va 
o‘tish uchun 80 sm-li yo‘lakcha qoldiriladi va shu tartibda padnislarni ikki qator shtabel 
usulida joylashtirish davom etadi. 
Quritish ob-havo sharoitiga qarab 14-21 kun davom etadi. Bunday usulda 
quritilganda 27-32% kishmish, 26-27% mayiz olinadi. quritilgan uzum 6882-99 GOST 
talabiga muvofiq bo‘lishi kerak. Shtabel quritish usulida yaxshi sifatli mahsulot olinib
undan chiqadigan quruq mahsulot miqdori ortadi. Oftobi usulida quritishga nisbatan 
shtabel usulida quritilganda iqtisodiy samaradorlik birqancha yuqori bo‘ladi (3). 
Oq kishmish navidan quritilgan uzum oltin rang sabza va Kattaqo‘rg‘on, Sultoni 
hamda Nimrang navlaridan olingan mahsulot esa oltin rang germiyon deb ataladi. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling