1. kirish nazariy materiallar reja
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot. Poya (tana)
- bachki novda
Materiallar va jihozlar:
Tok tupi. Har xil Evropa navlarining bir yillik pishgan novdasi. VitisVinifera va Vitislabrusca turlar navlarining bir yillik pishgan novdasi. Poya tuzilishi, birlamchi va ikkilamchi anatomik preparatlar. Mikroskoplar. Tok qaychilar, payvandlash pichoqlar, chizg‘ichlar. Umumiy ma’lumot. Poya (tana) – Tok o‘simligining yer ustki qismi bilan ildiz tizimini o‘zaro bog‘lab turuvchi o‘zak qismi. Poya ildiz orqaliy yerdan olinadigan suv va 64 unda erigan mineral moddalarni barglarga o‘tkazadi, hamda barglarda hosil bo‘lgan organik moddalarni ildizga, uzum boshlariga va boshqa organlarga o‘tkazib turadi. Bundan tashqari poya mexanik tayanch vazifasini bajaradi, unda zarur bo‘lgan oziq moddalar zahirasi to‘planadi. Tok urug‘idan o‘stirilganda poya ildiz bo‘g‘zidan boshlanadi. Qalamchadan o‘stirilganda poya qishlovchi kurtakdan o‘sib, ildizlangan qalamchaning pastki qismidan boshlanadi. Tok poyasi tabiiy sharoitda ingichka bo‘lib, biron bir daraxt yoki tirgovichga tirmashib yoki yer bag‘irlab bo‘yiga jadal o‘sadi. Madaniy toklar tupiga ma’lum shakl berib o‘stiriladi. Ularning poyasi (yer ustki qismi) quyidagi qismlardan tashkil topgan: Tok ildizining yer betidagi yo‘g‘ochlashgan qismi ildiz bo‘g‘zi (kunda) deb ataladi. Ildiz bo‘g‘zidan ko‘p yillik novdalar o‘sib chiqadi. Bu novdalar zang deyiladi, ya’ni ildiz bo‘g‘zidan to birinchi yon shoxlarigacha bo‘lgan qismi – zang deb ataladi. Shoxlaridan bir yillik novdalar o‘sib chiqadi. Bu novdalarning kurtaklaridan ko‘klamda ko‘k novdalar hosil bo‘ladi. Kuzga borib ko‘k novdalarning bo‘yi 5-10 metrga etadi. Bunday novdalar madang deb ataladi. Madang novdalar 4-8 va 12 ta kurtak qoldirib kesiladi. Bunday qisqartirilgan madanglar hosil novdalari deb ataladi. Ba’zan madang novdalar ikki-uchta ko‘z qoldirib kesiladi. Bunday madanglarni o‘rinbosar novda deyiladi. Bir shohga joylashgan hosil shoxi va o‘rinbosar novda meva zvenosi deb ataladi. Ildiz bo‘g‘zining pastrog‘idan o‘sib chiqqan novdani bachki novda deyiladi, tupning eski qismlarida paydo bo‘lgan novdalar esa erkak novda deb ataladi. Ko‘k novdalarning barg qo‘ltiqlaridagi kurtaklardan o‘sib chiqqan novdalarni qo‘ltiq novda deyiladi. Qo‘ltiq novdalarining negizi yoniga kurtaklar joylashadi. Kuzga borib, bu kurtaklarning sirti tangachalar bilan qoplanadi va bunday kurtaklar ko‘z deb ataladi. Ko‘zning ichiga bitta markaziy va bir necha o‘rinbosar kurtaklar joylashadi, markaziy kurtak yirikroq bo‘ladi. Bu kurtakka qishlovchi kurtak deyiladi. Bir yillik novdalar bo‘g‘imlar va bo‘g‘im oraliqlardan iborat bo‘ladi. Novdaning barg birikkan yeri bo‘g‘im deyiladi. Bir yillik novdalarning bo‘g‘imiga barg, sho‘ra, jingalak, qo‘ltiq navda va kurtak joylashgan bo‘ladi. Bo‘g‘imlar oralig‘ida hech qanday organ rivojlanmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling