1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Materiallar va jihozlar: 
Tok tupi. 
Har xil Evropa navlarining bir yillik pishgan novdasi. 
VitisVinifera va Vitislabrusca turlar navlarining bir yillik pishgan novdasi. 
Poya tuzilishi, birlamchi va ikkilamchi anatomik preparatlar. 
Mikroskoplar. 
Tok qaychilar, payvandlash pichoqlar, chizg‘ichlar. 
Umumiy ma’lumot. Poya (tana)Tok o‘simligining yer ustki qismi bilan ildiz 
tizimini o‘zaro bog‘lab turuvchi o‘zak qismi. Poya ildiz orqaliy yerdan olinadigan suv va 


64 
unda erigan mineral moddalarni barglarga o‘tkazadi, hamda barglarda hosil bo‘lgan 
organik moddalarni ildizga, uzum boshlariga va boshqa organlarga o‘tkazib turadi. 
Bundan tashqari poya mexanik tayanch vazifasini bajaradi, unda zarur bo‘lgan oziq 
moddalar zahirasi to‘planadi. Tok urug‘idan o‘stirilganda poya ildiz bo‘g‘zidan 
boshlanadi. Qalamchadan o‘stirilganda poya qishlovchi kurtakdan o‘sib, ildizlangan 
qalamchaning pastki qismidan boshlanadi. 
Tok poyasi tabiiy sharoitda ingichka bo‘lib, biron bir daraxt yoki tirgovichga 
tirmashib yoki yer bag‘irlab bo‘yiga jadal o‘sadi. 
Madaniy toklar tupiga ma’lum shakl berib o‘stiriladi. Ularning poyasi (yer ustki 
qismi) quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
Tok ildizining yer betidagi yo‘g‘ochlashgan qismi ildiz bo‘g‘zi (kunda) deb ataladi. 
Ildiz bo‘g‘zidan ko‘p yillik novdalar o‘sib chiqadi. Bu novdalar zang deyiladi, ya’ni 
ildiz bo‘g‘zidan to birinchi yon shoxlarigacha bo‘lgan qismi – zang deb ataladi. 
Shoxlaridan bir yillik novdalar o‘sib chiqadi. Bu novdalarning kurtaklaridan ko‘klamda 
ko‘k novdalar hosil bo‘ladi. Kuzga borib ko‘k novdalarning bo‘yi 5-10 metrga etadi. 
Bunday novdalar madang deb ataladi. Madang novdalar 4-8 va 12 ta kurtak qoldirib 
kesiladi. Bunday qisqartirilgan madanglar hosil novdalari deb ataladi. Ba’zan madang 
novdalar ikki-uchta ko‘z qoldirib kesiladi. Bunday madanglarni o‘rinbosar novda 
deyiladi. Bir shohga joylashgan hosil shoxi va o‘rinbosar novda meva zvenosi deb 
ataladi. Ildiz bo‘g‘zining pastrog‘idan o‘sib chiqqan novdani bachki novda deyiladi, 
tupning eski qismlarida paydo bo‘lgan novdalar esa erkak novda deb ataladi. Ko‘k 
novdalarning barg qo‘ltiqlaridagi kurtaklardan o‘sib chiqqan novdalarni qo‘ltiq novda 
deyiladi. Qo‘ltiq novdalarining negizi yoniga kurtaklar joylashadi. Kuzga borib, bu 
kurtaklarning sirti tangachalar bilan qoplanadi va bunday kurtaklar ko‘z deb ataladi. 
Ko‘zning ichiga bitta markaziy va bir necha o‘rinbosar kurtaklar joylashadi, 
markaziy kurtak yirikroq bo‘ladi. Bu kurtakka qishlovchi kurtak deyiladi. 
Bir yillik novdalar bo‘g‘imlar va bo‘g‘im oraliqlardan iborat bo‘ladi. Novdaning 
barg birikkan yeri bo‘g‘im deyiladi. Bir yillik novdalarning bo‘g‘imiga barg, sho‘ra, 
jingalak, qo‘ltiq navda va kurtak joylashgan bo‘ladi. Bo‘g‘imlar oralig‘ida hech qanday 
organ rivojlanmaydi. 


65 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling