1. kirish nazariy materiallar reja
Quritishning oftobi usuli
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
Quritishning oftobi usuli
Bu usul uzum erta pishib etiladigan zonalarda qadimdan qo‘llanilib, mevaga dastlabki ishlov berilmagan xolda o‘tkaziladi. Bu usulda asosan Qora kishmish navi quritiladi. Yog‘ingarchilik boshlangunga qadar qurimasligi sababli yirik donali uzum navlari oftobi usulida quritilmaydi. Har bir bosh uzum sortlariga ajratiladi va ishlov bermasdan, yupqa qilib, yog‘och patnoslarga yoki oldindan–somonloy bilan suvalgan quritish maydonlariga yoyiladi. Uzumning «Qora kishmish» navidan olingan mahsulot – shigani, «Oq kishmish» navidan olingan esa–bedona deb ataladi. Quritish 18–20 kun davom etadi, 22–25% quritilgan mahsulot olinadi, namligi 18% ni tashkil qiladi. Uzumni plyonka ostida quritish Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan rayonlarda joylashgan xo‘jaliklarda uzumni jadal quritish mavsumida yog‘in- sochin bo‘lib, xo‘jaliklar ko‘pincha zarar ko‘radi. Uzumni 57 plenka yopilgan palatalarda quritish usuli akademik R.R.Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan va si-nab ko‘rilgan bo‘lib, bu haqda quyida bayon qilinadi. Yarim ochiq palata quyidagi kattalikda bo‘ladi: eni – 4 m eng baland tepa qismi– 2m 40sm, yon devorlari balandligi 1,60 sm, bitta sektsiya uzunligi – 4 m. Palataning ikkala yon tomoniga patnislarni joylash uchun etajerkalar o‘rnatiladi. Patnislarni joylash uchun har qaysi etajerkalarda 10–12 tadan parallel pazlar mavjud. Etajerka kattaligi 60x90x160 sm. Har bir patnisga 60–80kg uzum ketadi. Palataning bitta sektsiyasiga 10 tagacha etajerka o‘rnatiladi va har qanday sektsiyada bir yo‘la 0,6–0,8tonna xo‘l meva quritish mumkin. Palataning tepa qismi yarim ochiq, ya’ni egilgan yassi tomoni taxminan yarim ochiq holatda. Bunda ustki choklar ostki choklarni qoplab turadi va shu bilan birga mevalarni yog‘in-sochindan saqlaydi. Palataning yon devorlari yerdan 40 sm balandlikda plyonka bilan berkitiladi. Palata ichidagi harorat atrof-muhitdagi haroratga nisbatan 2–7 o S yuqori bo‘ladi. Palata loyihasi mevalarni quritish jarayonida paydo bo‘lgan bug‘larni chiqarib yuborish bilan tabiiy havo almashishini ta’minlaydi etajerkalar orasidagi o‘tish masofasi (150 sm) kelgusida patnoslarni tashish ishlarini mexanizatsiyalashga imkoniyat yaratadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling