1. kirish nazariy materiallar reja


Uzumni objush usulida quritish


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Uzumni objush usulida quritish 
Bu usulning o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, bunda mevaga avval kaustik 
6-mavzu: UZUMNI TABIIY SHAROITDA OCHIQ HAVODA QURITISH
 
 
 


56 
sodaning qaynayotgan suvdagi aralashmasida ishlov beriladi (blanshirlash), uzum 
sortlariga ajratilgandan keyin savatlarga 2–3kg dan solinadi va kaustik soda 
aralashtirilgan qaynayotgan qozonga tushiriladi. Suvga aralashtiriladigan kaustik soda 
0,3–0,4% ni tashkil qiladi, ishlov berish (uzum solingan savatni qozonda tutib turish) 
vaqti 3–6 sekund davom etadi. Bunda uzum donasining yupqa po‘stida ingichka yoriqlar 
paydo bo‘ladi va dona po‘sti ustidagi mo‘msimon g‘ubor yo‘qoladi. Bu donasidagi
namning tez bug‘lanishini ta’minlaydi va quritish protsessi tezlashadi. Quritilgan 
mahsulot ortadi. 
Qozondan olingan uzumli savatlar, eritma oqib tushishi uchun panjaralar ustiga 
bir necha minut qo‘yiladi, so‘ngra patnoslarga yoki maydonga yoyiladi. Tayyor 
kishmish tarkibida ishqor bo‘lmasligiga sabab, u meva po‘stining yoriqlaridan kirgan 
kislotalar bilan to‘la reaktsiyaga kirishib, yo‘qolib ketadi. 
Ishqorning 
kislotalar 
bilan 
reaktsiyaga 
kirishishida 
inson 
organizmi uchun zararsiz bo‘lgan juda 
oz 
miqdorda organik tuzlarning paydo 
bo‘lishi kuzatiladi. Quritish uchun 
yoyilgan uzumlar 3–4 kundan keyin 
ag‘dariladi va tayyor bo‘lgunga qadar 
quritiladi. Quritish 6–12 kun davom 
etadi. Quritilgan mahsulot chiqishi 25–
26% ni tashkil qiladi.
Mahsulotning yog‘in-sochindan va ifloslanishdan ximoya qilinmasligi bu usulning 
kamchiliklaridan biridir. Bundan tashqari och rangli uzum navlari bu usulda 
quritilganda, ular tabiiy ko‘k rangni yo‘qotadi, tayyor mahsulot qorajigarrang tus oladi, 
natijada sifati pasayadi va mahsulot birmuncha past baholarda sotiladi.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling