1. kirish nazariy materiallar reja
Tuvakda (xona sharoitida) payvandlash
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari; 1. Payvand qilish tartibini tushuntiring. 2.
Tuvakda (xona sharoitida) payvandlash Avvallari zararkunandalarga chidamli ildizli tok navlarini ko‘paytirishda tuvakda payvandlash usulidan keng foydalanilgan. Ko‘chatlarni bu usulda payvandlash odatda yorug‘lik yaxshi tushadigan xona sharoitida kech qish va erta bahorda amalga oshiriladi. Yangi payvand qilingan ko‘chatlar issiq xona sharoitida bir yilgacha parvarish qilinib, keyin tokzorga ko‘chiriladi. Bitta kurtakli payvandust qalamchalar ildiz chiqarib ulgurgan payvandtakka yoki o‘z turidagi bir yillik payvandtakka ulanishi mumkin. Bir yillik payvandtakka ulangan ko‘chatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tokzorga ekilishi mumkin. Ko‘chatzor uchun joy tanlash Ko‘chatzor uchun eng yaxshi joy bu unumdor, suv tortuvchan va kasalliklardan xoli yumshoq, qumoq tuproqli maydondir. Maydon sathi imkon qadar tekis, atrofi shamoldan ihota qilingan, yuqori qismi quyosh nurlariga ochiq, shuningdek, ko‘chatzorga oqiziladigan suv tarkibi sug‘orish uchun qulay bo‘lishi kerak. Yangi ko‘chatzor uchun bir necha yil davomida kuzatishlar olib borilgan yerni tanlash kasalliklar va hosildorlik bilan bog‘liq muammolarni kamaytiradi. 55 Nazorat savollari; 1. Payvand qilish tartibini tushuntiring. 2. Payvand qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad. 3. Payvand qilish muddatlari. Reja; 1. Uzumni objush usulida quritish. 2. Quritishning oftobi usuli. 3. Uzumni plyonka ostida quritish. 4. Uzumni qator oralarida quritish. O‘zbekistonning iqlim sharoiti uzum quritish uchun nihoyatda qulay. Issiq yozning davomiyligi, nisbiy namlikning past bo‘lishi, a’lo sifatli mayiz va xo‘raki uzum nav-larining etishtirilishi, xalqning an’anaviy tajribalari, shuningdek fan yutuqlari, quyoshli ochiq havoda va soyada meva quritish usullaridan keng foydalanishga, kam mablag‘ sarflab, yuqori sifatli mahsulot olishga imkon beradi. Quritish uchun tovar sifati yuqori bo‘lgan xom ashyoni keskin ko‘paytirish muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish uchun har bir xo‘jalikdagi tokzorda kompleks agrotexnika tadbirlarini eng qulay muddatda to‘liq va yuqori sifatli qilib o‘tkazish zarur. Quritilgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash uchun hosilni terib olishga ikki hafta qolganda tok barglari olib tashlanadi, novdalari chekanka qilinib, sug‘orish to‘xtatiladi. Chunki meva tarkibida ortiqcha namlikning saqlanishi quritish vaqtini bir muncha kechiktiradi. Kishmish nav uzum tarkibida qand moddasi 23–25% ni, mayizbop uzum tarkibida esa 22–23% ni tashkil qilingan paytda quritiladi. Quritish uchun eng yaxshi navlar quyidagilar hisoblanadi: Urug‘siz–“Oq kishmish”, “Qora kishmish”, “Xishrov kishmishi”, “Sogdiana kishmishi”, “Botir kishmishi”, “Zarafshon kishmishi” va boshqalar: Mayiz uchun – “Kattaqo‘rg‘on”, “Shturangur”, “Rizamat”, “Qora janjal”, “Qora kaltak”, “Sultoni”, “Nimrang”, “Aleksandriya muskati”. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling