1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Dog‘li antraknoz (qorason, chechak). Bu zamburug‘li kasallik tokning barcha 
yashil a’zolarini zararlaydi. Barglarda qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, novdaning po‘sti 
va o‘zi yoriladi, qiyshayadi, mo‘rtlashadi, butunlay qurib qolishi ham mumkin. Uzum 
shakli buziladi va yorilib ketadi. Bu kasallik ko‘klam oylari seryog‘in kelganda ko‘p 
rivojlanadi. 
Kurash choralari. Kasallikka qarshi kurashda agrotexnik choralar profilaktik 
xarakterga ega. Kaliy o‘g‘itini ko‘proq berish kerak, shunda o‘simlikning kasallikka 
chidamliligi oshadi. Kuzda tok kesishda zararlangan novdalar yoqib yuboriladi. Qator 
oralari tuproq qatlamini ag‘darib chuqur haydash, zarur begona o‘tlar bosishiga mutlaqo 
yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Antraknoz bilan zararlangan tokzorlar, kuzda ko‘mishdan oldin 3% li bordo 
suyuqligi (100 l suvga 3 kg mis kuporosi va 3 kg ohak) bilan barcha zang va novdalari 
yuvish darajasida purkaladi. 5 foizli ohak – oltingugurt qaynatmasi ham samaralidir. 
Bahorda, o‘tgan mavsumda zararlangan tokzorlar kurtak chiqarishi bilanoq 1% li bordo 
suyuqligi (100 l suvga 1 kg mis kuporosi va 1 kg ohak) bilan purkaladi. Bu davrda ohak 
oltingugurt qaynatmasini (ISO) 1gradusligini qo‘llasa ham bo‘ladi. Topsin (100 l 
suvga 100 gr) yoki Vektra (100 l suvga 30 gr) preparatlari ham samaralidir. 10–12 kun 
o‘tgach tokzorlar qayta purkaladi. Tomorqada ham kurtak yozila boshlaganda1% BS 
sepiladi. (10 l suvga 100 gr mis kuporosi va 100 gr ohak) 7–10 kun o‘tgach 
takrorlanadi. 


49 
Bakterial rak (buqoq). Kasallikni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar tokning 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling