1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Nazorat savollari; 
 
1. Tok kasalliklari haqida ma’lumot bering. 
2. Tok zararkunandalari haqida ma’lumot bering. 
3. Tok kasalliklariga qarsh kurash choralari. 
4. Tok zararkunandalariga qarsh kurash choralari. 
 
 
 


53 
 
 
 
 
Reja; 
1. Payvandust qalamchalar tayyorlash. 
2. Payvand qilish usullari. 
Bog‘dorchilikda payvandtagning ahamiyati nihoyatda katta. Meva daraxtlarining 
hosilga kirish muddati, uzoq yashashi, tabiiy noqulay sharoitlarga chidamliligi, daraxtlar 
shox-shabbasining katta yoki kichik bo‘lib o‘sishi, hosildorligi va mevalarning sifati 
ko‘p jihatdan payvandtag xususiyatlariga bog‘liq. 
Payvandtag yetishtirish uchun ekiladigan meva danak va urug‘lari mahalliy 
sharoitga yaxshi o‘rgangan hamda mos keladigan daraxtlardan olinishi tavsiya etiladi. 
Olinadigan danak va urug‘lar bir xil kattalikda, yaxshi pishgan va ko‘karib chiqishi 90–
98 foizdan kam bo‘lmasligi zarur. 
Madaniy nav meva o‘simligidan kesib olingan ayrim kurtak yoki bir bo‘lak 
novdasini ikkinchi bir o‘simlikka ulab o‘stirish payvandlash deyiladi. Dunyo 
mevachiligida 100 ga yaqin payvandlash usullari bor. Ammo ko‘chatzorlarda 
ko‘pincha 3 xil uxlovchi kurtaklarni ulash yo‘li bilan yozgi kurtak payvand, o‘suvchi 
kurtaklarni ulash yo‘li bilan hamda qishki payvand usullari qo‘llanilib keladi.
 
Payvandust qalamchalar 
Ildiz otib rivojlanuvchi qalamchalarni saralash belgilari payvandust qalamchalarni 
saralashda ham ishlatilaveradi, ammo payvandust qalamchalar uchun hajm muhim o‘rin 
tutadi. Bunday qalamchalar to‘g‘ri bo‘lishi, yo‘g‘onligi (diametri) 7-10 mm dan, 
bo‘g‘imlar oraliq masofasi esa 7 sm dan oshib ketmasligi kerak. Bo‘g‘imlar oraliq 
masofasi katta bo‘lgan novdalar kesilganda puchchayib (ichi bo‘shashib) payvandust 
uchun yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling