1. kirish nazariy materiallar reja


Uzumni qator oralarida quritish


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Uzumni qator oralarida quritish 
Uzum quritishning hamma an’anaviy usullarini qo‘llash natijasida umumiy 
quritilgan mahsulot miqdori ko‘payib, quritishning somonli loy bilan suvalgan ochiq-
maydonda quritish natijasida yer maydonidan unumli foydalanilmaydi. 
Ming tonna uzum xomashyosini quritish uchun 20 ga yaqin xo‘jalik yeridan
olishga to‘g‘ri keladi. Undan tashqari, terimni tashkil qilish, yashiklarga joylash va 
yangi uzilgan uzumni quritish maydoniga transport vositasida tashib kelish uchun ham 
qo‘shimcha mablag‘ va qo‘l mehnati kerak bo‘ladi. 
Uzumzorni o‘zida qator oralarida quritish uchun tokni tik shpaleraga yoki yerda 
yotqazib o‘stirilgan holatda va 3x2,5 m sxemada ekilgan tokzorlar qulay keladi. 
O‘zbekistonning janubiy-g‘arb zonasiga «Qora kishmish» va «Oq kishmish» 
navlari quritish uchun tavsiya etiladi. Tokzorlarga ishlov berish va ularda agrotexnik
tadbirlarni o‘tkazish tavsiyalarga asoslanib beriladi. 
Uzum hosilini va undan chiqqan mahsulotni ko‘paytirish maqsadida uzum 
terishdan 2 hafta oldin tok barglarini siyraklashtirib, novdalarning chekankasini
o‘tkazish kerak va shu bilan bir qatorda sug‘orish ishlarini to‘xtatish kerak bo‘ladi,
chunki ortiqcha suv quyish, kurish muddatini cho‘zib yuboradi va qurigan kishmish
sifatiga salbiy ta’sir etadi. Chekanka o‘tkazilgandan keyin qator oralaridagi tuproq 
ustiga qog‘oz yozish va uzumni yoyishga bog‘liq tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi. 
Maydonning hajmi uzum miqdori va rayonning meteorologik sharoitiga bog‘liq. 
Xo‘jalikda yuqori harorat va havoning nisbiy namligi past bo‘lsa, kam maydon
talab qilinadi, agar harorat past bo‘lib, namlik yuqori bo‘lsa, ko‘p maydon talab qilinadi. 
O‘rtacha 1m

tayyorlangan maydonga 10 kg dan 16 kg gacha yangi uzilgan uzum 
joylanadi. Gektaridan 100 tsn. Uzum olinadigan maydondagi xomashyoni quritishga 
qo‘yish uchun 150–250 kg, eni 120 sm li qog‘oz, 50 kg hajmli 50–55 dona quritilgan 
kishmishni joylashtirish uchun qog‘oz qoplar kerak bo‘ladi. 
Qator yo‘nalishiga qarab quritish uchun maydonlar nishabligi janubga qaragan
bo‘lishi kerak. Qator oraligida uzum quritish uchun maydonchalar quyidagicha 
tayyorlanadi. Vertikal tik shpaleraning janubdan shimolga yo‘nalganda eni 120 sm


59 
bo‘lgan doira yuzali, markazining balandligi 10–15 sm bo‘lib, 8–10sm chuqurlikdagi 
ariqchalar hosil qilinadi, ikki tomondan terimchilar uchun yo‘l qoldiriladi. 
Terilgan uzum oldindan yozilib qo‘yilgan qog‘oz ustiga boshlari bir qatordan
joylanadi. Uzum miqdoriga ko‘ra xo‘jalikning meteorologik sharoitiga qarab, har bir m
2
maydonga 10–16 kg uzum joylanadi. 8–10 kundan keyin uzum so‘ligach, uzum boshi
to‘nkarilib qo‘yilib qurish oxirigacha shunday qoldiriladi. Uzum mahsuloti standart 
namlik 18% bo‘lganda ajratilgan alohida joyda tozalanadi.
Samarqand viloyatining Ishtixon tumani “Ming chinor” xo‘jaligida 5 yil davomida
o‘tkazilgan tadqiqotlar (1995–1999 y.) ijobiy natijalar berib, tokning yotkazib 
o‘stirilgan sxemasida olingan hosilni quritganda o‘sha yerning o‘zida tayyor qurigan 
mahsulot olindi, ya’ni u qo‘shimcha vaqt quritish agregatlarda quritilmadi. 
Quyosh radiatsiyasining uzum pishishi va quritish davrida intensiv ravishda
aktivlanishi, uzum donalarida qand miqdorining ko‘payishi Samaraqand va Urgut 
tumaniga nisbatan 15–20 kun oldinroq etiladi. 
Mana shunday mintaqalardan eng yaxshisi Ishtixon va Qo‘shrabod tumanlilaridir.
O’zbekistonning janubiy g‘arbida biz uzumni qator oralarida quritishni tavsiya etamiz. 
Bu usulda quritilganda tokning vertikal tik shpaleri yoki yotqazib o‘stirilgan va 3 x 2,5 
m sxemadagi tok bo‘lishi kerak. Bu xolda qog‘oz kengligi 120 sm bo‘lishi shart. Qator 
oralarining shimoldan janubga yoki g‘arbdan sharqqa yo‘nalishi ishlab chiqarishdagi 
ayrim vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi va bu masalani xo‘jalikni o‘zida hal qilinadi. 
SKO–90 m konveyer sushilkadan foydalanish
Akademik 
M.M. Mirzayev 
nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining 
Samarqand filiali Ukraina Fanlar akademiyasining Kiev OKTB ITTF bilan 
hamkorlikda uzumni SKO–90 m konveyer sushilkada quritish usulini ishlab chiqdi. 
Bu sushilka soatiga 250000 kkal issiqlik energiya ishlab chiqaradigan to‘rtta 
isitish generatori mavjud bo‘lgan TG–2,5A markali moslamadan issiqlik energiya oladi. 
Isitilgan havo ventilyator yordamida sekundiga 1,5 m tezligida quritish kamerasiga 
uzatiladi, kamera ichida beshta transporter lenta mavjud. Uzum kameraning yuqori 
qismidagi birinchi lentaga yuklagich transporter yordamida bir bosh g‘ujum qalinligida 
tushadi. 
Dastlabki quritish davrida «Oq kishmish» mayizbop uzum navlari uchun kamera 
harorati 90

S ga etkaziladi, po‘sti qalin, eti birmuncha tig‘iz bo‘lgan «Qora kishmish»ni 
quritish uchun harorat 80–85
o
S bo‘lishi kerak. Har bir partiyadagi uzum kamera ichidagi 
isitilgan havo kelganda uzumlar 60–70
o
S da quritiladi. Uzum quritish paytida kamera 
ichidagi harorat har bir partiya uzum tarkibida dastlabki namlik miqdori hisobga olgan 
xolda sozlanadi. 
Uzumni murakkab usulda quritish iqtisodiy jihatdan birmuncha foydali va 
maqsadga muvofiqdir. Bunda uzum ochiq maydonlarda quritiladi, quritish
mavsumining ikkinchi davrida esa, ya’ni quyosh aktivligi pasaygan paytda oftobda 
so‘ligan uzumlar yig‘ib olingandan so‘ng SKO 90 m agregatida quritiladi. 


60 
Uzumni ochiq maydonlarda quritish natijasida yonilg‘i sarfi kamayadi, hamda 
sushilkaning ish unumdorligi ortadi. Quritilgan mahsulot bo‘yicha sushilka ish
unumdorligi soatiga 70 kg ni tashkil etadi, murakkab usulda quritilganda esa bir soatda
170 kg quruq maxsulot tayyorlanadi. Ayni paytda bir soatda 40kg yonilg‘i sarflanadi. 
Standart namlikda (18%) va sifati yaxshi bo‘lgan uzumlar 25–26% ni tashkil qiladi.
Murakkab usulda tayyorlangan mahsulotlar kamerada birmuncha past haroratda 
(75–80
o
S)da quritiladi. Uzum quritishning u yoki bu usuli to‘g‘ri qo‘llanilganda, 
ularning
respublikamizning xohlagan rayonlarida amalga oshirish mumkin. Shular hisobga 
olingan xolda birinchi navbatda oq rangli kishmish navlarini quritish tavsiya qilinadi.
Har qaysi mahsulot turi uchun eng yaxshi natija beradigan qulay quritish 
usullarini ishlab chiqarishga keng joriy etishga va pirovard natijada bir sutkada 5–10 
tonna tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan mexanizatsiyalashgan uzluksiz liniyalar bilan 
jihozlangan yirik meva quritish korxonalarini qurishga imkon beradi.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling