63
3. AMALIY MASHG‘ULOTLARNI BAJARISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR
1-Amaliy mashg‘uloti.
Uzumni yangi, istiqbolli va intensiv etishtiriladigan uzum
ko‘chatlari navlarining morfo-biologik tasnifi.
Ishdan maqsad: Tok poyasining morfologik hususiyati
va anatomik tuzilishini
o‘rganish.
Masalaning qo‘yilishi:
1. Uzum poyasining morfologik va anatomik hususiyatlarini o‘rganish.
2. Uzumni ikki xil navining bir yillik novdasining morfologik va anatomik nav
farqini aniqlash.
Ishni bajarish uchun namuna:
Tok tupidan: ko‘p yillik va
bir yillik novdalar xillarini, bajaradigan vazifalari
bo‘yicha farqini,
uzunligi, yo‘g‘onligini, tupda joylashishini,
tarqalishini va tashqi
belgilarini o‘rganish.
Bir yillik pishgan novdada:
a) bir yillik novdani morfologik tuzilishini o‘rganish va undagi barcha organlarni
joylanish qonuniyatlarini yozish.
b) qaysi bo‘g‘im oralarida simpodial yoki monopodial novdalarning o‘sish xili
bo‘lishini aniqlash.
v)
novdaning uchta pastki; o‘rta va uchki qismlari bo‘g‘im oaralig‘ini o‘rtacha
uzunligini aniqlash.
g) har xil bo‘g‘imdagi diafragmalarni rivojlanish hususiyatlarini topish.
d) har xil novdalar novdasining rangini yozish.
e) novda tuzilishini ko‘ndalangiga joylanishini aniqlash. Novdani ko‘ndalangiga
kesish va tomonini o‘rganish. Bir yillik novdaning tomonlarini rivojlanishining
morfologik, anatomik belgilari va organlarini joylashish qonuniyatlarini
farqini uning
har xil tomonlari nisbati bo‘yicha yozish.
3. VitisVinifera va Vitislabrusca turi navlarning bir yillik novdalarida,
novda
uzunligi bo‘yicha jingalaklarni joylanish qonuniyatlarini aniqlash.
4. Poyaning birlamchi va ikkilamchi tuzilishini anatomik preparatda to‘qimasini
aniqlash, sanab chiqish, ularni yozish, rasmini chizish va belgilash.
Poya tuzilishini anatomik hususiyatini asosiy farqini o‘zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: