1. kirish nazariy materiallar reja
ustiga 8-10 sm qalinlikda yumshoq nam tuproq solinadi
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekishdan oldin qalamchalarni stratifikatsiyalash.
- Umumiy ma’lumot
ustiga 8-10 sm qalinlikda yumshoq nam tuproq solinadi, qalamchalarni yaxshi
kilchyovkalash uchun ustiga go‘ng solib, parnik ramalari yopish mumkin, qurib qolmasligi uchun erning yuqori qatlamini vaqt-vaqtibilan sug‘orib turish lozim. Kilchyovkalash 12-15 kun davom etadi. Qalamchalar pastki qismidagi kesilgan joyda sarg‘ish-oq g‘urra shaklida kallus hosil bo‘ladi, bu ildiz boshlang‘ichi hisoblanadi. Bunday ko‘rinishdagi qalamchalar kurtaklari bo‘rta boshlagandan so‘ng, taxminan, aprelning birinchi yarmida o‘tqaziladi. Ekishdan oldin qalamchalarni stratifikatsiyalash. Agar qalamchalarda ko‘p miqdorda zararlangan ko‘zlar bo‘lsa, bunday holatda ekishdan oldin qalamchalarni stratifikatsiyalash o‘tqaziladi. Bu maqsadda qalamchalar oddiy namlashdan keyin 20- 25 0 S haroratli binoga olib kelinadi va ularni nam qirindida ko‘zlari unib chiqguncha tutib turiladi, bundan keyin qalamchalar sog‘lom ko‘zlariga qarab ajratib olinadi. Ekishdan oldin qalamchalarni stratifikatsiyalash zararlangan ko‘zli qalamchalarni ajratishga imkoniyat beradi va qalamchalarni yaxshi ildiz olishini ta’minlaydi. Umumiy ma’lumot: Uzum ko‘chatlarini etishtirish uchun qalamchalar ko‘chatzorga ekiladigan qalamchalar sifatiga va etishtiriladigan ko‘chatlarni parvarish qilishga bog‘liq. Shuning uchun ko‘chatzorga eng yaxshi maydonlarni ajratish va ko‘chatzor tuprog‘iga ishlov berish va uzum ko‘chatini parvar ish qilishda yuqori agrotexnika tadbirlariga amal qilish juda zarur. Tok ko‘chatzori uchun tekis, doimo suv bilan ta’minlanadigan, unumdor maydonlar ta’minlanadi. Tuproq tarkibi va maydonning unumdorligini oshirish uchun tok ko‘chatzorida almashlab ekish joriy etiladi. Odatda uzum ko‘chatzorida uch, to‘rt va besh dalali almashlab ekish qo‘llaniladi. Suv bilan yaxshi ta’minlangan xo‘jaliklar uchun besh dalali almashlab ekish quyidagi ekinlarni navbatlanishi tavsiya etiladi: Ertagi sabzavotlar, yozgi beda ekish bilan yoki bahorgi donli, beda ekish bilan; Beda; Poliz yoki kuzgi bug‘doy; Tok ko‘chati. 71 Cheklangan sug‘orish imkoniyatli maydonlarda to‘rt dalali almashlab ekish tavsiya etiladi: Ko‘chatzor maydonining o‘lchami xo‘jalik bo‘yicha etishtiriladigan uzum ko‘chatlariga va bir gaktardan chiqadigan ko‘chatlarga mos ravishda belgilanadi. Ko‘chatzor uchun ajratilgan maydon kuzda 50-60 sm chuqurlikda ag‘darib haydaladi va shuningbilan bir vaqtda gektariga 20-40 t go‘ng va 300-400 kg superfosfat va 40-50 kg kaliy xlorid solinadi. Erta bahorda ag‘darib haydalgan erlar ko‘p marta baronalash va kultivatsiyalashda tekislanadi, keyin maydon bir gektarli kartalarga va kvartallarga bo‘linadi. Qator yo‘nalishi maydonning konfiguratsiyasiga, uning qiyaligi va sug‘orishga qulayligiga qarab belgilanadi. Qatorlar tayoqchalarda belgilanadi. Qatorning bir tomoniga kilchyovkalangan qalamchalar orasida 10-12sm masofa qoldirib ekiladi. Qator orasining kengligi xo‘jalikdagi ko‘chatzorda ishlaydigan mavjud rusumli mashinalar va tuproq unumdorligiga qarab belgilanadi va odatda qator orasi 80-90 sm qoldiriladi. Bir gektarga ekiladigan qalamchalar miqdori qatorlar orasi va qatorda ekilgan qalamchalar soniga bog‘liq. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling