1. kirish nazariy materiallar reja


uchki kurtakdan 3-4 sm yuqorisidan tok qaychi bilan ko‘ndalangiga kesiladi


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

uchki kurtakdan 3-4 sm yuqorisidan tok qaychi bilan ko‘ndalangiga kesiladi
Qalamchalarni pastki bo‘g‘imlaridagi ko‘zlarni olib tashlash: qalamchalar 
ekishdan oldin kilchyovkalash o‘tkazilsa, bunday holatda qalamchalar bo‘g‘imlarining
pastki ko‘zlari olib tashlanadi. Agar qalamchalar kilchyovka qilinmasdan ko‘chatzorga 
ekiladigan bo‘lsa, bunda ko‘zlarni olib tashlash maqsadga muvofiq emas. Ekishdan 
oldin qalamchalarni eng yaxshi ildiz olishi uchun stratifikatsiya qilinadi. Kuzatishlar 
shuni ko‘rsatadiki, o‘z vaqtida ekilgan qalamchalarning bitta yoki ikkita yuqorigi 
ko‘zlaridan navdalar rivojlanadi.
Qalamchalarni tilish: Tilish shundan iboratki, qalamchalarning pastki uchi
(taxminan uzunligining yarmidan) bog‘ arrasi tishlari yoki tilish uchun ishlatiladigan 
asbob bilan chuqur qilmay 3-5 ta tilinadi. Qalamchlarni tilish qo‘shimcha ildizlarni 
shakllanish jarayonini tezlashtiradi va navdalar o‘sishi va ildizning rivojalinishdagi 
o‘zaro aloqalarining buzilish vaqtini qisqartiradi. 
O’stiruvchi moddalarni qalamchalar ildiz olishiga ta’siri: Ildiz hosil bo‘lishini
tezlashtirish uchun qalamchalarni pastki qismi o‘stiruvchi moddalarning suvli 
eritmasida 24 soat davomida ho‘llanadi. Geteroauksin (1l suvda 200 mg eritiladi), 
indalil moy kislota (1l suvda 70 mg eritiladi) yoki naftil-sirka kislota (1l suvda 50 mg 


70 
eritiladi) eng yaxshi hisoblanadi. Qalamchalar o‘stiruvchi moddalarda ishlov
berilgandan keyin ko‘chatzorga shu kunning o‘zida ekish kerak.
Kilchyovkalash–ildiz shakllanishi va navdalarni o‘sishi o‘rtasidagi uzilishga bar
ham berish imkonini beradigan agrotexnik tadbir. Bunda qalamchaning morfologik 
pastki uchi temperaturasini oshirish va yuqori uchida esa temperaturani pasaytirish
yo‘li bilan kurtaklarning rivojlanishini biroz to‘xtatish va ularda ildiz hosil bo‘lishini
tezlashtiradi. Qalamchalar o‘tqazilishidan 20-25 kun oldin (martning oxiri-aprel
boshida) xandaklardan kavlab olinadi. Ularning xolati tekshiriladi, yaxshi qalamchalar 
pastki kurtak ostidan yangidan kesiladi. 
Shundan keyin qalamchalar bir-ikki kun suvga solib qo‘yiladi, so‘ngra 
kilchyovkalash uchun pastki uchini yuqoriga qaratib chuqurlarga qo‘yiladi. Ular bog‘-
bog‘ qilib bir-biriga zich qilib joylanadi va orasiga yumshoq tuproq solinadi. Ularning 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling