1. kirish nazariy materiallar reja
Ko‘chatzorning bir gektaridagi qalamchalar miqdorini oziqlanish maydoniga
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
Ko‘chatzorning bir gektaridagi qalamchalar miqdorini oziqlanish maydoniga
bog‘liqligi. Tuproqning25-30 sm chuqurligidagi harorati 12-13 0 S gacha qiziganda ko‘chatzorga ekish mexanizatsiya yo‘li bilan bajariladi. Qalamchalar odatda aprel boshlarida, ob-havo iliq kelganda esa mart oyida PRVN-2,5A, KZU-0,3 agregatlariga o‘rnatilgan maxsus ish organlari yordamida olingan egatlarga ekiladi, ekish chuqurligi 35-40 sm. Agregat oldiga o‘rnatilgan egat ochgich 20 sm chuqurlikda egat ochiladi, chizel panjasi esa egat tubida 40-45 sm chuqurlikda yoriq hosil qilinadi va qalamchalar o‘rnatiladi, bundan keyin soz tuproq solib jo‘yaklar tepaligi to‘ldiriladi. Ekishdan keyin ko‘chatzor qator oralari chuqur kultivatsiya qilinadi. Kichik maydonlarda qalamchalar qo‘lda ekiladi. Vegetatsiya davrida ko‘chatzor juda yaxshi parvarish qilinadi. Ekilgan qalamchalarning tutib ketishi uchun ularni darhol sug‘orish lozim. Dastlabki sug‘orish qalamchalar ekib bo‘lingach aprelda, keyingilari may-iyunda (2 martadan), iyulda (2-3 marta), avgustda (2 marta), jami o‘suv davrida 10-12 marta 72 sug‘oriladi. Har bir sug‘orish normasi 300-400 m 3 ga. qator oralari 3-4 marta 12-14 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi, o‘suv davrida 4-5 marta chopiq qilinib, begona o‘tlar yo‘qotiladi. Qalamchalarning yaxshi rivojlanishi uchun, ular o‘suv davrida 2-3 marta oziqlantiriladi. Dastlabki oziqlantirish boshlang‘ich o‘sish davrining boshlarida amalga oshirilib, bunda gektariga sof holda 20-25 kg. azot, 35-40 kg. fosfor, 15-20 kg. kaliy beriladi. Jadal o‘sish davrida esa, o‘g‘itlar miqdori birinchi oziqlantirishda faqat fosfor va kaliy beriladi. Ko‘chatzordagi ko‘chatlarning kul (oidium) kasalligiga qarshi 25-30 kgG’ga oltingugurt ko‘kini sepiladi. Ko‘chatzordagi navlar aralashmasini aniqlash uchun avgust-sentyabrda aprobatsiya qilinadi. Aralash navlarga belgi qo‘yiladi va qazib olishda ular alohida ajratiladi. Kuzda, oktyabrning ikkinchi yarmida ko‘chatlar kavlab olinadi. Ularni kavlab olishdan tuproq etarli darajada nam bo‘lishi kerak. Kavlash ishlarini engillashtirish va tezlatish uchun PRVN-2,5A plug yordamida qazib olinadi. Odatda 1 ga ko‘chatzordan o‘rtacha 60 ming, ayrim hollarda 70-75 ming tagacha ko‘chat olish mumkin. Ko‘chatlar 25-50 tadan bog‘lanib, handaklarda ko‘milgan holda ekilguncha saqlanadi. Har bir navning standart ko‘chatlari alohida chuqurlarga joylanadi va u erga navning nomi hamda ko‘chatlar soni yozilgan yorliq osilgan qaziqlar ko‘miladi. Birinchi yili yaxshi rivojlanmagan ko‘chatlar qazib olinmay, ko‘chatzorning o‘zida ikkinchi yilga qoldiriladi. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling