1. kirish nazariy materiallar reja


kuchsiz, o‘rtacha va kuchli


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

kuchsiz, o‘rtacha va kuchli o‘suvchi novdalar guruhlariga bo‘linadi va har bir 
guruhdagi novdalarga indekslar (ko‘rsatkichlar) beriladi, bir yillik novdalarning o‘sish 
kuchini tavsiflaydi. Kuchsiz novdalar indekslari–0,5, o‘rta novdalar –1,0, kuchli 
novdalar uchun 1,5 teng. 
Tup ko‘zlari yuklamalarini qisman ularning nobud bo‘lish holatida
Har bir guru hdagi novdalar miqdorini ularning indekslariga ko‘paytirish yo‘li
bilan o‘rta ma’lumot olinadi, tupning o‘sish kuchini ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, tupda 10 
ta kuchsiz novdalar, 16 ta o‘rta va 4 ta kuchli novdalar bor, bunda hisoblaganda
(10x0,5=5; 16x1,0=16; 4x1,5=6,0) ulardan o‘rtacha 27 ta novdalar olinadi va bu
o‘rtacha kuchli o‘suvchi novdalarning tupdagi eng yaxshi yuklamasi hisoblanadi. Bu 
yuklamani ta’minlash uchun, tuplarni kesishda kerakli za hira ko‘zlar qoldiriladi
miqdori formula bo‘yicha aniqlanadi: 
MP=Nx100/100-B 
bu yerda: 
P-faqat hosil novdalar yuklamalari olish uchun, tupda rivojlanishi kerak 
bo‘lgan eng kam novdalar. 
N-o‘rtacha hosilli novdalar yuklamasi; 
B-tupda rivojlangan hosilsiz novdalar foizi 20% shartli. 
Shunday qilib, formula bo‘yicha aniqlanadi, bunda: 


79 
MP=27x10/100-20=33,75=34 
Tupda 34 ta novda rivojlansa, shundan 27 tasi hosilli novda, za hirada ko‘zlar
qoldirish zarur, ularning noqulay sharoitda nobud bo‘lish foizi mos kelishi kerak. 
Bu formula bo‘yicha aniqlanadi: 
NZ=MPx100/100-g; 
bu erda: NZ– kesishda qoldirilishi kerak bo‘lgan, umumiy ko‘zlar soni; 
g- har xil sabablar bo‘yicha nobud bo‘lgan ko‘zlar foizi (30% shartli). 
Shunday qilib, tupda qoldirilishi kerak bo‘lgan, umumiy ko‘zlar soni berilgan 
misolda tashkil qiladi: 
NZ=34x100/100-30=48,57 
Tupda 48 ta ko‘zlar yuklamasini berish uchun, 4 ta hosil zvenosi kesishda 
qoldiriladi (4 ta hosilli novdalar bo‘yicha ko‘zlar 9 tadan va 4 ta o‘rinbosar novdaning
har biri bo‘yicha ko‘zlar 3 tadan 
Shunday ko‘rsatkichlar, ko‘zlar nobud bo‘lishi, bir yillik novdalar o‘sish kuchi,
hosilli novdalar, hosil berish koeffitsienti, o‘rtacha uzum boshlari og‘irligi uchun 
kerak bo‘lgan ko‘rsatilgan hisob-kitoblar nazorat tuplaridagi hisoblashlarga mos 
ravishda aniqlanadi. Buning uchun har yili aynan va o‘sha nazorat tuplari olinadi,
qaysiki hamma maydon bo‘yicha shaxmat tartibida bir tekisda joylashgan bo‘lishi
kerak. Bu usullarkuchsiz va o‘rtacha o‘suvchi tuplar uchun eng yaxshi yuklamalarni 
aniqlashga yaroqli, qaysiki ko‘zlar miqdori va o‘suvchi novdalarni hisoblab chiqish
nisbatan oson. Agar tuplar kuchli o‘suvchibo‘lsa, eng yaxshi yuklamalarni aniqlash
uchun I.Mixaylyuk biologik metodlardan foydalanishni taklif etdi. Uning metodi
bo‘yicha kesilgandagi yuklama ko‘zlar bilan emas, balki hosil novdalar bilan
aniqlanadi, shuning bilan birga tupdagi qoldirilgan novdalar miqdori, normal
rivojlangan novdalarning o‘rtacha soniga, o‘tgan yilgi xosil qilingan xosil novdalarga 
bog‘liqlikda aniqlanadi. Moldaviya sharoitidagi o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, 
uzum boshlari kichik navlar (Ashgote, Pino va boshqalar) uchun eng yaxshi yuklama
o‘tgan yilgibitta xosilli novdada o‘rtacha ikkita normal rivojlangan novda; uzum
boshi yirik navlar (Senso, Gamburg muskati va boshqalar) uchun – normal rivojlangan 
novda 2,5 tengligi aniqlandi. 
Agar mana shu tupda normal rivojlangan novdalar miqdorio‘tgan yilgi bitta 
xosilli novdada o‘rtacha rivojlangan novdalar (naviga bog‘liqlikda 2 yoki 2,5) kamligi 
aniqlangan, bu shundan guvo hlik beradiki, tupda keragidan ortiq yuklama bo‘lgan va
bu yil yuklamani kamaytirishga to‘g‘ri keladi va ba’zan teskarisiga, bunday ko‘p
miqdorda novdalarning bor bo‘lishi shuni ko‘rsatadiki, tupda yuklama etarli emas va 
bunday xolatda yuklamani mana shu yili ko‘paytirish kerak. 
Eng yaxshi yuklamani hisoblash uchun I.Mixaylyuk quyidagi formulani taklif 
etdi: 
K=N/Rn-p/p 
Bu erda:K - kerak bo‘lgan eng yaxshi xosilli novda (Madang) yuklamasi; 
N - tupda normal rivojlangan novdalar soni; 
n - bitta o‘tgan yilgi madangda normal rivojlangan novdalarning


80 
o‘rtachasoni. 
R - eng yaxshi yuklama kursatgichi uzum boshi kichik navlar uchun 2 ga,uzum 
bosh yirik navlar uchun 2,5 ga teng doimiy miqdori; pqn-pG’p - yuklama 
koeffitsienti yoki tupda normal rivojlanishning novdalarga bo‘linishi kerak bo‘lgan
son; qish davrida 30-40% dan yuqori ko‘zlar nobud bo‘lishiga mos ravishda tupda
xosilli novdalar mikdori ko‘paytiriladi. qo‘shimcha hosilli
novdalar (madanglar) miqdorini aniqlash, nobud bo‘lgan ko‘zlarning o‘ rnini
to‘ldirish uchun I.Mixaylyuk quyidagi formulani taklif etdi; 
O = KxA/100-A 
Bu yerda: O - nobud bo‘lgan ko‘zlarning o‘rnini to‘ldirish uchun
qo‘shimcha madanglar soni; K - eng yaxshi hosilli novda yuklamasi; 
A - nobud bo‘lgan ko‘zlar foizi(30-40% dan yuqori);
Mavjud o‘tgan yilgi madangda o‘rtacha naviga qarab 2 yoki 2,5 normal 
rivojlangan novdalar yuklamasi o‘tgan yiliga teng qoldiriladi. Agar bitta o‘tgan yilgi
madangda hosil qilingan o‘rtacha 3-4 normal rivojlangan novdalar miqdori tashkil
etsa, bunda tup yuklamasi mana shu yilda o‘tgan yildagiga nisbatan madanglar 1-2
marta ko‘payadi. Bitta o‘tgan yili madangda ikkitadan kam normal novdalar bo‘lgan
holatda o‘tgan yilgiga teng yuklama qoldiriladi, ammo novdalar kalta kesiladi. 
A.Nesterov oldindan aniqlashicha «karrali yuklama koeffitsienti» usulini taklif
etdi, bunda tubdagi umumiy rivojlangan novdalar sonini to‘la qimmatli novdalarga
nisbati, aholida har bir nav uchun ularning foydalanish yo‘nalishiga bog‘liqligida
aniqlanishi kerak bo‘ladi. Bu usulni qo‘llanishi har bir tupni kesishda 
differentsiyalashgan yondoshishga imkoniyat beradi, uning ko‘zlar yuklamasi
qoldirilishi o‘tgan yilgi novdada rivojlangan mavjud to‘la qammatli novdalarga 
bog‘liq. Bu amalda quyidagicha bajariladi. Kesishdan oldin tupda qimmatli novdalar
hisoblanadi va ularning soni mana shu nav karrali yuklama koeffitsientiga
ko‘paytiriladi. Olingan ko‘paytma va bor yuklama hajmi, qaysiki mana shu tupni
kesishda qoldirilishi kerak bo‘lgan sog‘lom ko‘zlarni ifodalaydi. Shunday qilib, agar 
tupda jami 18 ta qimmatli novdalar bor bo‘lsa, karrali yuklama koeffitsienti shu
navbatda 2 teng, bunda umumiy tup yuklamasining sog‘lom sifatlari ko‘zlari 18 x 2 
= 28 bo‘ladi. Faraz qilaylik, navbatdagi tupda faqat 13 ta qimmatli novdalar bor. 
Bunday xolatda tupda 13 x 2 q 26 ta yuklama qildirish kerak.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling