1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

 
Nazorat savollari: 
1. Uzumni yetilish davrlari xaqida ma’lumot bering. 
2. Uzumni quritishni qanday usullarimavjud? 
3. Quritish maydonchalarini tuzilishi xaqida ma’lumot 
bering. 
4. Uzumni quritishda qanday texnologik jarayonlar 
qo‘llaniladi? 
 
 


89 
 
 
7-amaliy mashg‘uloti. 
Uzumni quritish usullari. 
O‘zbekistonning iqlim sharoiti uzum quritish uchun nihoyatda qulay. Issiq 
yozning davomiyligi, nisbiy namlikning past bo‘lishi, a’lo sifatli mayiz va xo‘raki uzum 
nav-larining etishtirilishi, xalqning an’anaviy tajribalari, shuningdek fan yutuqlari
quyoshli ochiq havoda va soyada meva quritish usullaridan keng foydalanishga, kam 
mablag‘ sarflab, yuqori sifatli mahsulot olishga imkon beradi. 
Quritish uchun tovar sifati yuqori bo‘lgan xom ashyoni keskin ko‘paytirish 
muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish uchun har bir 
xo‘jalikdagi tokzorda kompleks agrotexnika tadbirlarini eng qulay muddatda to‘liq va 
yuqori sifatli qilib o‘tkazish zarur. 
Quritilgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash uchun
hosilni terib olishga ikki hafta qolganda tok barglari olib tashlanadi, novdalari chekanka
qilinib, sug‘orish to‘xtatiladi. Chunki meva tarkibida ortiqcha namlikning saqlanishi 
quritish vaqtini bir muncha kechiktiradi. 
Kishmish nav uzum tarkibida qand moddasi 23–25% ni, mayizbop uzum tarkibida 
esa 22–23% ni tashkil qilingan paytda quritiladi. Quritish uchun eng yaxshi navlar 
quyidagilar hisoblanadi: 
Urug‘siz–“Oq kishmish”, “Qora kishmish”, “Xishrov kishmishi”, “Sogdiana
kishmishi”, “Botir kishmishi”, “Zarafshon kishmishi” va boshqalar: 
Mayiz uchun – “Kattaqo‘rg‘on”, “Shturangur”, “Rizamat”, “Qora janjal”, “Qora
kaltak”, “Sultoni”, “Nimrang”, “Aleksandriya muskati”. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling