1. kirish nazariy materiallar reja
Uzumni qator oralarida quritish
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
Uzumni qator oralarida quritish
Uzum quritishning hamma an’anaviy usullarini qo‘llash natijasida umumiy quritilgan mahsulot miqdori ko‘payib, quritishning somonli loy bilan suvalgan ochiq- maydonda quritish natijasida yer maydonidan unumli foydalanilmaydi. Ming tonna uzum xomashyosini quritish uchun 20 ga yaqin xo‘jalik yeridan olishga to‘g‘ri keladi. Undan tashqari, terimni tashkil qilish, yashiklarga joylash va yangi uzilgan uzumni quritish maydoniga transport vositasida tashib kelish uchun ham qo‘shimcha mablag‘ va qo‘l mehnati kerak bo‘ladi. Uzumzorni o‘zida qator oralarida quritish uchun tokni tik shpaleraga yoki yerda yotqazib o‘stirilgan holatda va 3x2,5 m sxemada ekilgan tokzorlar qulay keladi. O‘zbekistonning janubiy-g‘arb zonasiga «Qora kishmish» va «Oq kishmish» navlari quritish uchun tavsiya etiladi. Tokzorlarga ishlov berish va ularda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish tavsiyalarga asoslanib beriladi. Uzum hosilini va undan chiqqan mahsulotni ko‘paytirish maqsadida uzum terishdan 2 hafta oldin tok barglarini siyraklashtirib, novdalarning chekankasini o‘tkazish kerak va shu bilan bir qatorda sug‘orish ishlarini to‘xtatish kerak bo‘ladi, chunki ortiqcha suv quyish, kurish muddatini cho‘zib yuboradi va qurigan kishmish sifatiga salbiy ta’sir etadi. Chekanka o‘tkazilgandan keyin qator oralaridagi tuproq ustiga qog‘oz yozish va uzumni yoyishga bog‘liq tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi. Maydonning hajmi uzum miqdori va rayonning meteorologik sharoitiga bog‘liq. Xo‘jalikda yuqori harorat va havoning nisbiy namligi past bo‘lsa, kam maydon talab qilinadi, agar harorat past bo‘lib, namlik yuqori bo‘lsa, ko‘p maydon talab qilinadi. O‘rtacha 1m 2 tayyorlangan maydonga 10 kg dan 16 kg gacha yangi uzilgan uzum joylanadi. Gektaridan 100 tsn. Uzum olinadigan maydondagi xomashyoni quritishga qo‘yish uchun 150–250 kg, eni 120 sm li qog‘oz, 50 kg hajmli 50–55 dona quritilgan kishmishni joylashtirish uchun qog‘oz qoplar kerak bo‘ladi. Qator yo‘nalishiga qarab quritish uchun maydonlar nishabligi janubga qaragan bo‘lishi kerak. Qator oraligida uzum quritish uchun maydonchalar quyidagicha tayyorlanadi. Vertikal tik shpaleraning janubdan shimolga yo‘nalganda eni 120 sm 93 bo‘lgan doira yuzali, markazining balandligi 10–15 sm bo‘lib, 8–10sm chuqurlikdagi ariqchalar hosil qilinadi, ikki tomondan terimchilar uchun yo‘l qoldiriladi. Terilgan uzum oldindan yozilib qo‘yilgan qog‘oz ustiga boshlari bir qatordan joylanadi. Uzum miqdoriga ko‘ra xo‘jalikning meteorologik sharoitiga qarab, har bir m 2 maydonga 10–16 kg uzum joylanadi. 8–10 kundan keyin uzum so‘ligach, uzum boshi to‘nkarilib qo‘yilib qurish oxirigacha shunday qoldiriladi. Uzum mahsuloti standart namlik 18% bo‘lganda ajratilgan alohida joyda tozalanadi. Samarqand viloyatining Ishtixon tumani “Ming chinor” xo‘jaligida 5 yil davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar (1995–1999 y.) ijobiy natijalar berib, tokning yotkazib o‘stirilgan sxemasida olingan hosilni quritganda o‘sha yerning o‘zida tayyor qurigan mahsulot olindi, ya’ni u qo‘shimcha vaqt quritish agregatlarda quritilmadi. Quyosh radiatsiyasining uzum pishishi va quritish davrida intensiv ravishda aktivlanishi, uzum donalarida qand miqdorining ko‘payishi Samaraqand va Urgut tumaniga nisbatan 15–20 kun oldinroq etiladi. Mana shunday mintaqalardan eng yaxshisi Ishtixon va Qo‘shrabod tumanlilaridir. O’zbekistonning janubiy g‘arbida biz uzumni qator oralarida quritishni tavsiya etamiz. Bu usulda quritilganda tokning vertikal tik shpaleri yoki yotqazib o‘stirilgan va 3 x 2,5 m sxemadagi tok bo‘lishi kerak. Bu xolda qog‘oz kengligi 120 sm bo‘lishi shart. Qator oralarining shimoldan janubga yoki g‘arbdan sharqqa yo‘nalishi ishlab chiqarishdagi ayrim vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi va bu masalani xo‘jalikni o‘zida hal qilinadi. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling