1. kirish nazariy materiallar reja


Uzumni objush usulida quritish


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Uzumni objush usulida quritish 
Bu usulning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda mevaga avval kaustik 
sodaning qaynayotgan suvdagi aralashmasida ishlov beriladi (blanshirlash), uzum 
sortlariga ajratilgandan keyin savatlarga 2–3kg dan solinadi va kaustik soda 
aralashtirilgan qaynayotgan qozonga tushiriladi. Suvga aralashtiriladigan kaustik soda 
0,3–0,4% ni tashkil qiladi, ishlov berish (uzum solingan savatni qozonda tutib turish) 
vaqti 3–6 sekund davom etadi. Bunda uzum donasining yupqa po‘stida ingichka yoriqlar 
paydo bo‘ladi va dona po‘sti ustidagi 
mo‘msimon 
g‘ubor 
yo‘qoladi. 
Bu 
donasidagi namning tez bug‘lanishini 
ta’minlaydi 
va 
quritish 
protsessi 
tezlashadi. Quritilgan mahsulot ortadi. 
Qozondan olingan uzumli savatlar, 
eritma oqib tushishi uchun panjaralar 
ustiga bir necha minut qo‘yiladi, so‘ngra 
patnoslarga yoki maydonga yoyiladi. 
Tayyor 
kishmish 
tarkibida 
ishqor 


90 
bo‘lmasligiga sabab, u meva po‘stining yoriqlaridan kirgan kislotalar bilan to‘la 
reaktsiyaga kirishib, yo‘qolib ketadi. 
Ishqorning kislotalar bilan reaktsiyaga kirishishida inson organizmi uchun 
zararsiz bo‘lgan juda oz miqdorda organik tuzlarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Quritish 
uchun yoyilgan uzumlar 3–4 kundan keyin ag‘dariladi va tayyor bo‘lgunga qadar 
quritiladi. Quritish 6–12 kun davom etadi. Quritilgan mahsulot chiqishi 25–26% ni 
tashkil qiladi.
Mahsulotning yog‘in-sochindan va 
ifloslanishdan ximoya qilinmasligi bu 
usulning kamchiliklaridan biridir. Bundan 
tashqari och rangli uzum navlari bu usulda 
quritilganda, ular tabiiy ko‘k rangni 
yo‘qotadi, tayyor mahsulot qorajigarrang 
tus oladi, natijada sifati pasayadi va 
mahsulot 
birmuncha 
past 
baholarda 
sotiladi.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling