1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Nazorat savollari: 
1. Tokzorlarda qanday agrotexnik tadbirlar qo‘llaniladi? 
2. Uzum yetishtirish bo‘yicha agrotexnika rejasini tuzishda nimalarga e’tibor 
berish kerak? 
3. Hosilli tokzorlarga solinadigan mineral o‘g‘itlar miqdori qanday belgilanadi? 
4. Tokzorlarda qanday traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalariqo‘llaniladi? 
5. Tokzorlarda qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlarning muddati, me’yori va 
usullarini ayting? 
 
 
6-amaliy mashg‘uloti. UZUM QURITISH MAYDONCHASINI TASHKIL ETISH. 
MAHSULOTLARNI QURITISH USULLARI. 
 
6-Amaliy mashg‘ulot 
Uzum quritish maydonchasini tashkil etish. 
Ishdan maqsad: Uzumni qritish maydonchasini tashkil qilish tartibini o‘rganish. 
Masalaning qo‘yilishi: Samarqand viloyati iqlim sharoitida yetishtirilgan 20 gektar 
kishmish navlarini tabiiy quritish uchun quritish maydonini tashkil qilish. 
Umumiy ma’lumotlar. Quritilgan kishmish yoki mayizning sifati ko‘p jihatdan 
xom ashyoga bog‘liq. Talablarga javob beradigan mahsulotni quritish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
1. Uzum mahsuloti urinmagan, chirimagan, tarkibidan har xil zarur moddalari
ayniqsa kislota va qand moddalari yetarli bo‘lishi zarur. Qand miqdori uzumning mayiz 
solishidagi asosiy ko‘rsatkichdir. Masalan, qand miqdori kishmish navlarida kamida 22-
23 foiz bo‘lishi lozim. Quruq moddasi yetarli bo‘lmagan uzumning mayizi sifatsiz 
bo‘ladi. Xom ashyoni konditsiya talablariga mos bo‘lishi yuqori sifatli mahsulot olish 
uchun etarli bo‘libgina qolmay, balki uzumning navi va hosilini qanday sharoitda 
yetishtirilganligiga ham bog‘liqdir. Masalan, uzumning bir qator navlarida qand 
moddasi yetarli bo‘ladi, biroq uning po‘sti qattiqligidan ularni quritib bo‘lmaydi (1). 
Bunday uzumlar sharbat va sharob olish uchun yaraydi. Shuningdek, ayni bir navning 


87 
o‘zi turli sharoitda sifat jihatdan har xil hosil beradi. Masalan, Qashqadaryo viloyatida 
yetishtirilgan uzumning Kattaqo‘rg‘on, Sultoni navlari Samarqand viloyatida 
yetishtirilgan Kattaqo‘rg‘on va Sultoni navlaridan tayyorlangan mayizdan sifati 
birmuncha pastroq bo‘ladi. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling