67
O‘suv davrining birinchi yili oxirida tok poyasining tuzilishi (P.A.Baranov
bo‘yicha):
p-po‘stloq; pd-periderma; p
1
-po‘kak; f-po‘kak kambiysi (fellogen); fl-lub (floema);
lt-lub tolalari;
en-elakli naylar; lp-lub parenximasi;
kam-kambiy; ks- yog‘ochlik
(ksilema);
tn-teshikli naylar; l-to‘siqli libriform; bk-boshlang‘ich ksilema; u-o‘zak.
Qattiq
lubning devorlari juda yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. Ikkilamchi ksilema
naylar, to‘siqli libriform va yog‘ochlik parenximasidan iborat. O‘zak nurlari ildizdagiga
qaraganda ensizroqdir.
Novdaning markazida kuzga borib, qo‘ng‘ir rangga kiradigan o‘lik
hujayralardan
iborat o‘zak bo‘ladi. O‘zak novda bo‘g‘imlariga tomon birmuncha kengayadi.
Bo‘g‘imlarda u deyarli to‘siq diafragma bilan bo‘linadi.
Diafragma kraxmalga boy qalin yog‘ochlangan po‘stli peranxima hujayralaridan
tuzilgan.
Diafragmaning tirik hujayralari po‘kaklashgan bir necha
qavat hujayrlari bilan
o‘zakning o‘lik hujayralaridan ajralib turadi. Kuz boshida po‘kaklashgan kambiy halqasi
hosil bo‘ladi, u birlamchi po‘stni ikkilamchi floemadan ajratib turadi; shundan so‘ng
po‘st qurib, po‘stloq
hosil bo‘ladi.
Po‘stloq uzun-uzun bo‘lib ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: