1. kirish nazariy materiallar reja
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu. PAYVAND QILISH
- Muvaffaqiyatli payvand shartlari
Ko‘chatlarni payvandlash
Ko‘chatlarni payvandlash deb 2 xil o‘simlik qismlarini o‘zaro biriktirish orqali bitta rivojlanuvchi o‘simlik hosil qilish jarayoniga aytiladi. Ko‘chatlarni oddiy payvandlashda payvandtag va payvandustdan foydalaniladi. Payvandtag ko‘chatning ostki qismi bo‘lib, u asosan daraxtning ildiz qismini o‘z ichiga oladi. Payvandust esa ko‘paytirish ko‘zda tutilgan navga tegishli novda qalamchadir. Ularning birikish qismi payvand joyi deb yuritiladi. Toklarni payvand qilishdan maqsad Toklar quyidagi sabablarga ko‘ra payvand qilinishi mumkin: •Kasallik va zararkunanda hasharotlarga chidamli ildizlarda tok etishtirish; •Keskin tuproq sharoitiga chidamli ildizlarda tok etishtirish; 5-mavzu. PAYVAND QILISH 54 •Bir turdagi tokzorga xato tufayli aralashib qolgan boshqa turdagi toklar navini o‘zgartirish; •Butun tokzor navini o‘zgartirish; •Yangi va noyob navni ko‘paytirish. Muvaffaqiyatli payvand shartlari Payvand qilingan ko‘chatning yaxshi rivojlanib o‘sishida quyidagi omillar katta o‘rin egallaydi: •Payvandtag va payvandustning o‘zaro mos kelishi; •Havo harorati va namlik darajasining qulay bo‘lishi; •Ko‘chat atrofida havo aylanishi; •Payvandtag va payvandust kambiy qatlamlarining o‘zaro birikishi; •Payvandtag va payvandustning yosh va o‘suvchanligi. O‘zaro mos kelishi deganda payvandtag va payvandustning qismlarning biologik va kimyoviy jihatdan birga uyg‘unlikda rivojlanib keta olishi nazarda tutiladi. Payvand qilingan ko‘chatning o‘sib ketishiga kafolat beruvchi qoidalar yo‘q. Umumiy qoida sifatida aytish mumkinki, ikki o‘simlik botanik xususiyatlari bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lsa, ularning payvandi rivojlanib ketish imkoniyati ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari payvand qilingan qismlar qanchalik yosh bo‘lsa va tashqi muhit sharoiti qulay bo‘lsa, ularning avj olishi ham shunchalik tez ro‘y beradi. Qishki payvandlashni payvandust qalamchalar uyg‘onib, rivojlanishni boshlagan davrda amalga oshirish yaxshi natijaga olib keladi. Qish boshida payvandlash uchun saralab kesib qo‘yilgan qalamchalar qishki uyqudan erta uyg‘onib ketmasligi uchun ularni salqin joyda saqlash kerak. Yozgi payvandlash novdalar jadal suratlar bilan o‘sayotgan davrda eng yaxshi natija beradi. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling