53
Reja;
1.
Payvandust qalamchalar tayyorlash.
2. Payvand qilish usullari.
Bog‘dorchilikda payvandtagning ahamiyati nihoyatda katta.
Meva daraxtlarining
hosilga kirish muddati, uzoq yashashi, tabiiy noqulay sharoitlarga chidamliligi, daraxtlar
shox-shabbasining katta yoki kichik bo‘lib o‘sishi, hosildorligi va mevalarning sifati
ko‘p jihatdan payvandtag xususiyatlariga bog‘liq.
Payvandtag yetishtirish uchun ekiladigan meva danak va urug‘lari
mahalliy
sharoitga yaxshi o‘rgangan hamda mos keladigan daraxtlardan olinishi tavsiya etiladi.
Olinadigan danak va urug‘lar bir xil kattalikda, yaxshi pishgan va ko‘karib chiqishi 90–
98 foizdan kam bo‘lmasligi zarur.
Madaniy nav meva o‘simligidan kesib olingan ayrim kurtak yoki bir bo‘lak
novdasini ikkinchi bir o‘simlikka ulab o‘stirish
payvandlash deyiladi. Dunyo
mevachiligida
100 ga yaqin payvandlash usullari bor. Ammo ko‘chatzorlarda
ko‘pincha
3 xil uxlovchi kurtaklarni ulash yo‘li bilan
yozgi kurtak payvand,
o‘suvchi
kurtaklarni ulash yo‘li bilan
hamda qishki payvand usullari qo‘llanilib keladi.
Payvandust qalamchalar
Ildiz otib rivojlanuvchi qalamchalarni saralash belgilari
payvandust qalamchalarni
saralashda ham ishlatilaveradi, ammo payvandust qalamchalar uchun hajm muhim o‘rin
tutadi. Bunday qalamchalar to‘g‘ri bo‘lishi, yo‘g‘onligi (diametri) 7-10 mm dan,
bo‘g‘imlar oraliq masofasi esa 7 sm dan oshib ketmasligi kerak. Bo‘g‘imlar oraliq
masofasi katta bo‘lgan novdalar kesilganda puchchayib (ichi bo‘shashib)
payvandust
uchun yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: